Jamiyat

Bishkekdagi sammitda 10ta hujjat imzolandi

© Sputnik/Ramil SitdikovGlavы gosudarstv na sammite YEAES 14 aprelya 2017 goda v Bishkeke
Glavы gosudarstv na sammite YEAES 14 aprelya 2017 goda v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Bishkekda boʻlib oʻtgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yigʻilishiga Qirgʻiziston raislik qildi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Bishkekda boʻlib oʻtgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yigʻilishi yakunida qator hujjatlar imzolandi.

Bishkek sammitida Armaniston prezidenti Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi, deb yozmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yigʻilishida quyidagi hujjatlar imzolandi:

Moldovaga YEOII kuzatuvchi davlat maqomini berish;

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlariga YEOII kuzatuvchi davlati maqomini berish;

YEOII va unga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamda Eron bilan erkin savdo zonasini yaratish boʻyicha vaqtinchalik kelishuv;

2016 yilda YEOII organlarida tashqi audit oʻtkazish natijalari haqida;

YEOII davlatlarining 2017-2018 yillarga moʻljallangan makroiqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlari haqida hamda boshqa hujjatlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala