Jamiyat

Davlat soliq qoʻmitasi "ochiqlik indeksi" reytingida birinchi oʻrinni egalladi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Nalogi. Raschetы
Nalogi. Raschetы - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ilk bor 2017 yil 1 yanvar xolatiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati "ochiqligi indeksi"ning reytingi eʼlon qilindi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor 2017 yil 1 yanvar xolatiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati "ochiqligi indeksi"ning reytingi eʼlon qilindi.

Reyting davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring boʻyicha jamoatchilik kengashi tomonidan tuzilgan.

Reytingning 1-pogʻonasida 97,5 ball bilan Davlat soliq qoʻmitasi qayd etildi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni 96,33 ball bilan Toshkent shahar hokimligi va Markaziy bank band etdi.

Birinchi oʻntalikka Adliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Intellektual mulk agentligi kiritildi.

Eng soʻnggi 47-oʻrinda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 21,4 ball bilan qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala