Hodisalar

Shimoliy Koreya uchun tomosha yoxud AQSH nega Afgʻonistonga "bombalarning onasi"ni tashladi?

© REUTERS / KCNAKXDR ballistik raketalarni uchirmoqda
KXDR ballistik raketalarni uchirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondagi "Islom davlati" terrorchilariga qariyb 10 tonnalik oʻta kuchli bomba bilan zarba berdi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. AQSH tomonidan Afgʻonistonda "Islom davlati" jangarilariga qarshi favqulodda kuchli yadrosiz bombaning ishlatilishi oʻz samarasini koʻrsatdi, bu shuningdek, Shimoliy Koreya uchun signal boʻlishi mumkin, deb taʼkidladi RIA Novosti nashriga Hudson Institute harbiy-siyosiy analiz markazi rahbari Richard Vayts.

B-52, Amerika bombardimonchi samolyoti Afgʻoniston osmonida - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
AQSH Afgʻonistonga eng kuchli bombani tashladi
"Yaqqol ayonki, ushbu qurol "ID" qazgan yer osti yoʻlaklar va bunkerlarni yoʻq qilib yuborishda samarali boʻldi. Bundan tashqari, Tramp, AQSH harbiy kuchlari "ID" ustidan gʻalaba qozonish uchun har qanday quroldan foydalanishlarini alohida taʼkidlagan edi", — deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

Ekspertning aytishicha, ayrim kishilar bu Shimoliy Koreya uchun signal boʻlishi mumkin, degan fikrlarni yoqlamoqdalar. AQSH oʻzining ushbu harakati bilan KXDRning yer osti raketalari va artilleriya moslamalari ular Seulni yoʻq qilishlaridan oldinroq vayron qilinishiga shama qilgan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha AQSH "ID" terrorchilik uyushmasiga qarshi birinchi marotaba GBU-43 deb nomlangan oʻta kuchli yadrosiz bombani qoʻlladi. Ogʻirligi 9,5 tonna zaryad MS-130 samolyotidan tashlab yuborilgan. Taʼkidlarga koʻra, AQSH zaxirasida ana shunday quroldan 15ta bor.

AQSH prezidenti Donald Tramp taʼrifiga koʻra, bu Amerika qurolli kuchlarining "oʻta omadli missiyasi" boʻldi. U shuningdek, AQSH "dunyodagi eng qudratli qurolli kuchga egaligini va u oʻz vazifasini bajarganini" qoʻshimcha qilgan.

Afgʻoniston hukumati ushbu hodisa yuzasidan hozircha hech qanday munosabat bildirmagan.

OAVlarda berilayotgan xabarlarga koʻra, AQSH tomonidan eng kuchli boʻlgan yadrosiz bombaning qoʻllanilishi oqibatida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasining kamida 36 nafar jangarisi yoʻq qilingan. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan qilingan bayonot asosida Frans Press agentligi xabar bergan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala