Sherali Jo‘rayev o‘z yubileyini "Versal" restoranida nishonladi

Obuna bo‘lish
Tantanada turli davlatlardan martabali mehmonlar ishtirok etgan

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ustoz san’atkor Sherali Jo‘rayev 70-yillik yubileyini Toshkentdagi "Versal" restoranida nishonladi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar bu haqda facebookda ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 70 yoshni qarshi olgan edilar.

Sherali Jo‘rayev muxlislari davrasida - Sputnik O‘zbekiston
Shov-shuvli qaytish: "Bog‘larni soqov deb o‘ylardik bizlar, Sherali Jo‘rayev kuylamaganda..."
Yubiley tadbirida ishtirok etgan O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron ijtimoiy tarmoqlarda 13-aprel kuni kech soat 21.00da quyidagi so‘zlarni yozib qoldirganlar:

"Hozirgina ustoz san’atkor Sherali Jo‘rayevning 70 yoshga to‘lishi bilan "Versal"da o‘tkazilgan marosimdan qaytdim.

Tantanada Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Koshg‘ardan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi. Yubiley haqiqiy bayram bo‘ldi. Akademik Baxtiyor Nazarov, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov shoir, kursdoshim Sa’dulla Hakim, adabiyotshunos olim Olimjon Davlat va uka.shoir Abduvali Qutbiddin bilan bir dasturxonda o‘tirdik.

Sherali akani chin dildan qutlab, yangi ijodiy yutuqlar, salomatlik tilab qolaman".

Yangiliklar lentasi
0