Dunyoda

Britaniya razvedkasi rus tilini biladiganlarga 36000 yevro maosh taklif qilmoqda

© AFP 2022 / Fabrice CoffriniBritanskiy flag na fone Big-Bena v Londone
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Buyuk Britaniyaning ikki razvedka xizmati rus tili, Rossiya tarixi, madaniyati va siyosatini biladiganlarni ishga chaqirdi

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Buyuk Britaniya hukumat aloqa markazi (GCHQ) va MI5 kontrrazvedka xizmati rus tilini biladigan nomzodlarni ishga taklif qilmoqda.

Matbuot - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH razvedkasi oʻzbek gazetalaridan nima izlagan

GCHQ — Buyuk Britaniyaning radioelektron razvedka olib boruvchi hamda hukumat organlari va armiyasi axborotlari muhofazasi bilan shugʻullanadi. MI5 — Britaniya kontrrazvedka xizmati boʻlib, Birlashgan Qirollikni terrorizm, josuslik va ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishi kabi tahdidlardan himoya qiladi.

"Rus tilini bilishingiz siz uchun razvedkada ajoyib faoliyat olib borish imkoniyati ochib berishi mumkin", — deyiladi rasmiy saytdagi eʼlonda.

Razvedka xizmatida ishlashga rus tili ona tili boʻlganlar hamda ruschani institutda yoki Rossiyada yashab oʻrganganlar taklif etilmoqda. Nomzodlar shuningdek, Rossiya madaniyati, tarixi va siyosatidan xabardor boʻlishlari darkor. Imkoniyati cheklanganlar ham oʻz nomzodlarini koʻrsatishlari alohida taʼkidlangan.

Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar uchun 30 ming 490 funt (36 ming yevro) maosh toʻlanishi aytilgan, deb yozadi Sputnik Latviya.

Yangiliklar lentasi
0