Jamiyat

Milliy maʼlumotlar bazasi aholiga tezkor elektron xizmatlar koʻrsatadi

Aholiga zamonaviy texnologiyalar asosida interfaol xizmatlar koʻrsatish uchun soliq, nafaqa, bojxona, taʼlim, byudjet va boshqa sohalar axborot tizimlari umumlashtirilib yagona maʼlumotlar bazasi yaratiladi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Toshkentda Axborot texnologiyalari vazirligi, "Uzinfocom" markazi, "Elektron hukumat" markazi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi vakillari ishtirokida Milliy maʼlumotlar bazasi joriy qilishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot kompleks tizimlari va maʼlumotlar bazasining joriy etilishi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, fuqarolarning tizimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholiga koʻrsatilayotgan yangi interfaol xizmatlar turini koʻpaytirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

  • Xususan, koʻplab ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilib, aksariyat faoliyat turlari uchun litsenziya olish muddatlari qisqartirildi;
  • Undan tashqari, fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasi elektron shaklda, interfaol tartibda boʻlib oʻtadi;

Bugungi kunda "Xarid", "Soliq", "Litsenziya", "Bojxona", "Byudjet" kabi oltita axborot kompleks tizimi yaratilib, faoliyat koʻrsatmoqda. Bu tizimlarda maʼlumotlar toʻplanib umumlashtiriladi, va uning asosida yuridik va jismoniy shaxslarga turli interfaol xizmatlar koʻrsatiladi.

Ayni paytda "Nafaqa", "Sogʻliqni saqlash", "Taʼlim", "Kommunal xoʻjalik", "Adliya-2", "Davlat boshqaruvi" singari axborot kompleks tizimlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu tizimlar orqali pensiya taʼminoti, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kommunal xoʻjalik sohasida elektron xizmatlar koʻrsatiladi.

"Jahon" axborot agentligi xabari asosida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala