Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayining yoʻlovchisi boʻldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni birinchi yoʻlovchilar qatorida Samarqand tramvayidan foydalandi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Oʻtgan yilning 5 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yoʻlovchi transporti tizimini rivojlantirish maqsadida shaharda travmay yoʻllari qurish zarurligini taʼkidlagan edi.Oradan yarim yil oʻtib Samarqandda yangi yoʻlovchi transport tizimining birinchi navbati ishga tushdi.

Ikki tomonlama qatnovga moʻljallangan yoʻlda elektr bilan taʼminlovchi toʻrtta podstantsiya va bitta depo qurildi. Temir yoʻl vokzali bilan Sartepa oraligʻidagi 6,4 kilometrlik yoʻnalishda 8 tramvay harakatlanadi.

Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Samarqandga boʻlgan tashrifi davomida, shaharda ishga tushirilgan tramvayning birinchi yoʻlovchilari qatorida boʻldi. Prezident "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yoʻl vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayida
Shavkat Mirziyoyev prokatilsya na tramvaye v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayida

Kelajakda Samarqandda yana uchta yoʻnalish boʻyicha tramvay qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Tramvay yoʻllari Temir yoʻl vokzali, Siyob dehqon bozori, Kimyogarlar mavzei  kabi aholi koʻp yashaydigan hududlarni shaharning eng gavjum markaziy hududlari bilan bogʻlashi kerak.

© SputnikSamarqandda tramvay harakati
Samarqandda tramvay harakati - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda tramvay harakati
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala