Jamiyat

Samarqandda erkin sayyohlik zonasi paydo boʻladi

Yaqin ikki yil ichida Samarqandda sayyohlik-koʻngilochar markazi hamda qishgi dam olish majmuasi paydo boʻladi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga boʻlgan tashrifi davomida, prezidentga Samarqandda yaqin ikki yil ichida qurilishi rejalashtirilayotgan erkin sayyohlik markazi loyihasini taqdim etildi.

"Loyihaga koʻra, shahar markazidagi Amir Temur koʻchasida sayyohlik-koʻngilochar markazi hamda Samarqand eshkak sporti kanalida qishgi dam olish maskani paydo boʻladi", — deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, prezident eʼtiboriga, shaharda paydo boʻladigan yangi sayyohlik markazlari va ularning yangi xizmatlari hamda oʻzbek xalqining urf-odatlari aks ettirigan tadbirlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala