Jamiyat

Bugun Turkiya xalqi prezident yoki parlament boshqaruvini tanlaydi

© REUTERS / HANDOUTPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan.
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan. - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Turkiyada boʻlib oʻtayotgan referendumda, xalq mamlakatni prezident yoki parlament boshqarishi kerakligini hal qiladi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Bugun Turkiyada umumxalq referendumi boʻlib oʻtmoqda. Referendumda butun mamlakat boʻylab 55 million saylovchi ishtirok etadi. Referendumning asosiy maqsadi Turkiyada bugungi kunda mavjud boʻlgan parlament boshqaruvi oʻrnida prezident boshqaruvi tizimini kiritishdir. Buning uchun mamlakat konstitutsiyasiga 18ta oʻzgarish kiritish kerak.

Agar referendumda mamlakat aholisi yangi islohotlarni qoʻllab quvvatlasa, Erdoʻgʻan cheklanmagan vakolatga ega boʻladi. Yaʼni, prezident davlat, hukumat va sud tizimi ustidan nazorat qilish huquqiga ega boʻladi. Undan tashqari Erdoʻgʻan yana ikki marta prezidentlikka saylanish imkoniga ega boʻladi.

Turkiya. 2016 yil 16 iyul - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiyada 100dan ortiq armiya imomlari qoʻlga olindi

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning iyul oyida Turkiyada davlat toʻntarilishi yuz berishiga bir bahya qolgan edi. Turkiya armiyasining oliy qoʻmondonligi va koʻplab zobitlaridan iborat muxolifat kuchlari hukumatni egallab olishga harakat qilishgan edi. Oʻshanda Erdoʻgʻan ushbu inqilobni toʻxtatib, hukumatni oʻz qoʻlida saqlab qolshga muvaffaq boʻlgan  edi. Inqilobdan keyin esa 200 mingdan ortiq kishi hibsga olingan edi. Ular orasida 3 ming sudyalar ham bor.

Oʻshanda baʼzi ekspertlar Erdoʻgʻan oʻz siyosiy raqiblarini, xususan mamlakatni parlament boshqaruvidan prezident boshqaruviga oʻtkazishiga qarshi chiqqanlarni siyosiy maydondan chetlatayotgani haqida gapirishgan edi. Ushbu damdan boshlab Turkiyada hukumat targʻib qilayotgan gʻoyalarga qarshi chiqqan har qanday fuqaro "xalq dushmani"ga aylantirilib sudga berish odat tusiga kirgan edi. Baʼzi OAVlar ushbu davrni hatto Stalin qatagʻon davrlariga oʻxshatgan edi.

Koʻrilgan keskin choralar natijasida Turkiyada oldin koʻpchillik qarshi boʻlgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydiganlar soni biroz oshgan.  Soʻnggi soʻrovlarga koʻra, yangi isloholatni mamlakatning 46-47 % aholisi maʼqullagan. Qarshilar soni esa 43-44 % ni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala