Duv-duv gap: Toshkentlik kuyovning korteji butun O‘zbekistonni hayratga solmoqda

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNikohdan o‘tish marosimi
Nikohdan o‘tish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu tomoshadan butun Yunusobod ahli hayratga tushdi, "parovoz" signallaridan iborat musiqa ovozini esa poytaxtliklar hali uzoq vaqt eslab yurishadi

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Shu kunlarda Toshkent shahrida g‘aroyib bir voqea ro‘y berdi — kelinni olib ketish uchun kuyov bola 10ta og‘ir yuk mashinasidan iborat kortejda keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonlik kuyovlar va ularning jo‘ralari xayolga kelmagan "qahramonliklarga" o‘chligi hech kimga sir emas. Shu paytga qadar kuyovlar kelinni olib ketish uchun qanday kortejlarda kelmagan deysiz? "Mersedes Gelendvagen"lar, "Porshe"lar, "Ferrari"lar, "Limuzin"lardan iborat qimmatbaho kortejlarga guvoh bo‘lgan edik. Hatto, chavandoz kuyovjo‘ralar kurshovida kelgan "shahzodalar" ham bo‘lgan edi, ular orasida.

Ammo og‘ir yuk mashinalaridan iborat kortejga poytaxt aholisi ilk bor duch keldi.

© SputnikSvadebniy kortej s gruzovikami
Svadebniy kortej s gruzovikami - Sputnik O‘zbekiston
Svadebniy kortej s gruzovikami

Bu haqda Internetdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolaridan biri xabar qilgan.

"To‘ybop sharlar va tasmalar bilan bezatilgan 10ta Mercedes Geländewagen va 10ta og‘ir yuk mashinalariga munosabatingiz qanday? Bugun Yunusobod bu tomoshadan rosa zavqlandi, kortej parovozi gudoklaridan kelayotgan unutilmas musiqa haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Menga juda yoqdi", — deb ta’kidlagan internet foydalanuvchisi.

Ammo internet foydalanuvchilari orasida kuyovni oliftagarchilik uchun koyiganlar ham topildi.

Kuyov bu kortej uchun pulni qayoqdan olganiga qiziqqanlar ham topildi.

"Nima uchun bizning odamlar mana shunaqa tomoshalarga ustamon bo‘ladilar-a? Kimga qarama pul yo‘q, ish yo‘qligidan, maosh kamligidan noligan. Mana shunaqa to‘ylarni tashkillashtirishga ular pulni qayerdan olishar ekan?", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

© SputnikSvadebniy kortej s gruzovikami
Svadebniy kortej s gruzovikami  - Sputnik O‘zbekiston
Svadebniy kortej s gruzovikami

"Bunday trend bizga urf bo‘lishidan xudo asrasin. Bitta to‘yning o‘ziga ham bizda bitta kvartiraning puli ketadi", — deb ta’kidlagan yana bir foydalanuvchi.

Post muallifining yozishicha, kuyovjo‘ra dalnoboyshik bo‘lgani uchun, kelinni olib ketish uchun mana shunday antiqa kortejda kelgan.

© SputnikSvadebniy kortej s gruzovikami
Svadebniy kortej s gruzovikami  - Sputnik O‘zbekiston
Svadebniy kortej s gruzovikami

"Gap yo‘q, tasanno, kuyov bola!!! Kuyovning dalnoboyshik jo‘ralariga ham gap yo‘q — qo‘llab-quvvatlaganlari uchun! Super tashabbus! Haqiqiy birodarlik mana shunday bo‘pti!", — deya hayratini yashirmagan yana bir foydalanuvchi.

O‘zbekistonliklarning yana bir qismi esa yarim hazil tarzida nikoh to‘yi ko‘chalarda tirbandlik hosil qilish uchun bir bahona bo‘lmasligi kerakligini aytib o‘tishgan.

"Tankchi uylangudek bo‘lsa-chi? Yoki axlat tashuvchi mashina haydovchisi?", — deb qayd etgan toshkentlik bir foydalanuvchi. "Tank qo‘shinlari generallaridan biri o‘g‘lini uylagudek bo‘lsa, nimalar bo‘lishini tasavvur qilishdan qo‘rqapman", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Yangiliklar lentasi
0