Shimoliy Koreya "maxsus taktik qo‘shinlar"ni yaratdi - OAV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKim Ir Sen tavalludining 105-yilligiga bag‘ishlangan tadbir, Shimoliy Koreya
Kim Ir Sen tavalludining 105-yilligiga bag‘ishlangan tadbir, Shimoliy Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya TVsidagi translyatsiyaga ko‘ra, maxsus qo‘shinlar parad davomida yuzlari qora grimmda va qora ko‘zoynaklarda marsh qilganlar

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya qurolli kuchlarning yangi turini yaratdi, — deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Xabarda aytilishicha, Qurolli kuchlarning bu yangi turi — maxsus taktik qo‘shinlar. deb ataladi.

"Piyoda, harbiy-dengiz, harbiy havo va strategik qo‘shinlardan tashqari, yangi, maxsus taktik qo‘shinlar turi yaratildi", — deb xabar qilgan Seuldan Ronxap axborot agentligi.

Nashr xabariga ko‘ra, 15-aprel kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan harbiy paradda avval ishlatilmagan atama tilga olingan. Masalan, "Nodon Sinmun" nashri "Kim Ir Sen maydonidan harbiy dengiz, harbiy-havo va havo mudofaasiga qarshi Koreya xalq armiyasining strategik va  maxsus taktik qo‘shinlari kolonnasi o‘tgani" haqida yozgan.

KXDR ballistik raketalarni uchirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya uchun tomosha yoxud AQSh nega Afg‘onistonga "bombalarning onasi"ni tashladi?
Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) 13-aprel kuni maxsus qo‘shinlar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgani haqida xabar bergan va bu qo‘shinlar keyinroq paradda namoyish qilinganini aytib o‘tgan.

Shimoliy Koreya TV sidagi translyatsiyaga ko‘ra, maxsus qo‘shinlar parad davomida yuzlari qora grimmga bo‘yalgan va qora ko‘zoynaklar taqqan holatda marsh qilganlar.

Ronxap nashrining ekspertlarga tayangan holda tarqatgan xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yangi turdagi qurolli qo‘shinlari urush yuzaga keladigan taqdirda Kim Chen Inni yo‘q qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Amerika va Janubiy Koreya maxsus qo‘shinlariga qarshi turish uchun yaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0