Migrantlarga nisbatan qanday yo‘l tutish kerak?

© SputnikPolitolog Gevorg Mirzayan
Politolog Gevorg Mirzayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gevorg Mirzayan, RF hukumati qoshidagi Moliya universiteti siyosatshunoslik bo‘limi dotsenti -Sputnik uchun maxsus

Piter metrosidagi teraktlar Rossiya jamiyatiga Markaziy Osiyodan kelgan qonuniy va noqonuniy migrantlar tomonidan kelib chiqadigan muammolarni ko‘rsatib berdi. Shuningdek, bu muammolarni hal qilishning qiyinligini ham.

Yana

FXX (FSB) Peterburg terakti yuzasidan qidiruvlarni davom ettirmoqda. Kuni kecha ular taxminiy tashkilotchi — go‘yoki Akbarjon Jalilovni hudkushlikka tayyorlagan Abror Azimovni qo‘lga oldilar. Gap Markaziy osiyoliklarning yashirin guruhi haqida bormoqda.

Zaderjanie odnogo iz organizatorov terakta v metro Sankt-Peterburga A. Azimova - Sputnik O‘zbekiston
Kecha qo‘lga olingan terrorchi sobiq Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi

Bu fosh etilgan ilk yashirin guruh emas. Moskva viloyatida "GTA bandasi" ishi bo‘yicha olib borilgan tadbirlarda yana bir guruh zararsizlantirilgani yodimizda — uning tarkibida ham Markaziy osiyoliklar bor edi. Rossiyalik ekspertlarning aytishlaricha, Rossiyada Markaziy Osiyodagi barcha terrorchilik guruhlarining shoxobchalari mavjud. Va ularga O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘izistondan Rossiyaga kelgan gastarbayterlar a’zo hisoblanadi.

Begona jamiyatga kelgan vaqtdagi ruhiy zo‘riqish, ijtimoiy o‘rnini topa olmaslik, himoyalanmaganlik hissi ularning diniy targ‘ibotga oson berilishiga sabab bo‘ladi. Hozirda Rossiyada bu muammoni qanday hal qilish borasida bahs-munozara avjiga chiqqan. Ayrim qiziqqonlar muammoni hal qilishning keskin va bir qarashda to‘g‘ridek ko‘rinuvchi usulini taklif qilishmoqda. Birinchidan, Rossiyadan bir necha million noqonuniy migrantlarni hamda unchalik muhim deb hisoblanmagan bir qism qonuniy migrantlarni chiqarib yuborish. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish.

Biroq bir qarashda to‘g‘ridek ko‘ringan bu choralar Rossiya duch kelgan muammo uchun yechim emas. Buning ustiga, bu choralar yangi, yanada xavfli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kulrangdan oq sxemaga o‘tish

Rossiyadan noqonuniy va qonuniy mehnat migrantlarini chiqarib yuborish ularning mehnatiga tayanuvchi qator sohalardan iborat Rossiya iqtisodiyoti uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ha, ayrim hududlarda Markaziy osiyolik migrantlar o‘rniga rossiyaliklarni ishlatish bo‘yicha tajribalar qo‘llanmoqda, lekin bu sanoqli holat. Rossiya mintaqalaridagi gastarbayterlarni to‘laligicha mahalliy aholi bilan almashtirish uchun kompleks va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturni (masalan, ular uchun arzon uylar bozorini tashkil etish) amalga oshirish darkor. Bunday dastur hozircha yo‘q ekan, gastarbayterlardan voz kechishning imkoni yo‘q.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi

Qonunbuzilishi uchun jazoni kuchaytirish va migratsiya qonunchiligiga nafaqat migrantlar, balki ularni yollovchilarning ham amal qilishlarini qat’iy nazorat ostiga olish samaraliroq bo‘ladi. Hech kimga sir emaski, rossiyalik tadbirkolarning aksariyati migrantlarni kulrang sxema bo‘yicha, soliq to‘lamasdan va Mehnat kodeksiga amal qilmasdan ishga olishadi. Oqibatda bu migrantlar nafaqat soliq idorasidan chetda qolishadi, balki himoyasiz ham qolishadi (ularga oylab maosh to‘lamasliklari mumkin).

Masalan, Moskva halqa yo‘li va Yaroslavl shossesi kesishmasida "mardikor bozori" bor. U yerda shosse bo‘ylab kunlik mehnatga yollanuvchi Markaziy osiyoliklar turishadi.

Ular "xo‘jayin"larning suiiste’molliklaridan mutlaqo himoyalanishmagan — ularning aksariyatini yollovchilar shunchaki "otishadi". Huquqni muhofaza qiluvchilar buni bilishadi, lekin muammoni hal qilishmaydi, balki, migrantlar aytganidek, o‘zlari ham ularning mehnatidan foydalanishadi. Agar bu muammo hal qilinsa yoki hech bo‘lmaganda ozgina tartibga solinsa, Rossiya iqtisodiyotiga ham yaxshi bo‘ladi va migrantlar ham ishli bo‘lishadi.

Barchaning muammosi

Savol tug‘iladi — nima uchun ularni ishga joylashtirish kerak? Nega ularni uylariga qaytarib bo‘lmaydi, mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirib bo‘lmaydi? Chunki u yerda yetarlicha ish o‘rinlari yo‘q, lekin bu mahalliy hukumatning muammosi-ku axir.

Afsuski, mazkur vaziyatda mahalliy hukumatning muammosi Rossiyaning ham muammosi hisoblanadi. Agar Markaziy Osiyo respublikalaridan birortasida ijtimoiy portlash (agarda bu portlashni ekstremistlar boshlashsa) yuz bersa, domino tamoyili bo‘yicha boshqa mamlakatlarda ham jiddiy muammolar paydo bo‘ladi: a) Rossiya hududiga millionlab qochoqlar oqib keladi va b) Rossiyaning biqinida "Somali" paydo bo‘ladi.

Ekspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Do‘ppi kiygan terrorchilar yoki IDning ini qayerda

Rossiya Markaziy Osiyodagi samarasiz ichki siyosatning asiriga aylangan. Shuning uchun Kreml Markaziy Osiyodan ko‘plab migrantlarni qabul qilishga tayyor.
Xususan, Vladimir Putin Tojikistonga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakatning arzimagan qoidabuzarliklar uchun Rossiyaga kirishi taqiqlangan fuqarolarini amnistiya qilishga va’da berdi. Gap taxminan 200 ming kishi — "talabalar va noqonuniy faoliyat yuritmagan fuqarolar toifasi" haqida bormoqda, deya tushuntirish berdi RF bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov.

Moskva albatta, bu muammoni nafaqat ortiqcha ish kuchini qabul qiluvchi rolida hal qilishi lozim, balki Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy islohotlarga boshlashi, iqtisodiyotni modernizatsiya va liberalizatsiya qilishda yordam berishi zarur. Bunda Kreml, ma’lum bo‘lganidek, "rejim almashtirish" bilan shug‘ullanmaydi, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga siyosiy talablarni tiqishtirmaydi va o‘z hurmatini saqlaydi (shu sababli uchinchi dunyo mamlakatlari bilan munosabatlari muammosiz rivojlanadi).

Bu yerda albatta, murakkab strategik tanlov qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

Tanlov qabul qilinar ekan, Rossiya hukumati ham, Rossiya jamiyati ham va migrantlarning o‘zlari ham barcha uchun umumiy muammo — gastarbayterlarning diniy guruhlarga qo‘shilishini hech bo‘lmasa kamaytirish bo‘yicha qator choralarni ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi.

Uchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migrantlar uchun rus tilidan test markazlari ochilishi mumkin

Hukumat mehnat va migratsiya qonunchiligiga amal qilinishini nazorat qilishni kuchaytirish bilan birga gastarbayterlarning Rossiya jamiyatiga kirishib ketishlari bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Masalan, kelgan migrantlarni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalash, ularni Rossiya qonunchiligi bilan tanishtirish, dam olishlarini tashkillashtirish kabilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarida yoshlarga rus tilini o‘rgatish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish.

Jamiyat esa o‘z yurtlarini tashlab pul topish uchun kelgan bu insonlarga do‘stona muhit yaratishda yordam berishi darkor. Hech bo‘lmasa ko‘chada tojikistonlik ko‘cha supuruvchi bilan, ishxonada qirg‘iz farrosh bilan salomlashish lozim, har qanday turdagi kamsitishlar (masalan, "kvartira faqat slavanlarga" berilishi haqidagi e’lonlar uchun jarima solish)ga chek qo‘yish kerak.

Migrantlarning o‘zlari esa mehmonga kelganliklarini, ularning nafaqat uydagilar uchun ishlab pul topishlari, balki rossiyaliklarning vatandoshlariga nisbatan munosabatlari ularning Rossiyada o‘zlarini tutishlariga bog‘liqligini yodda tutishlari lozim.

Agarda hukumat, jamiyat va migrantlar muammolarni birgalikda hal qilsalar, bundan hamma manfaatdor bo‘ladi.
Muallifning fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0