Ayriliq: atoqli o‘zbek adibi vafot etdi

© Sputnik / Murad OrujovAtirgullar
Atirgullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ayni vaqtda marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirmoqdalar

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Atoqli adib Nodir Normatov vafot etdi, deb xabar qildi o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

"Atoqli adib Nodir Normatov 68 yoshida vafot etdi. Marhum bugun (15.04) asrda Yalang‘och Ota qabristonida dafn etiladi.Inna lillahi va ilahi roji’un. Olloh rahmatiga olsin! Adibning oilasiga: yangamizga, farzandu nabiralariga hamdardmiz, sabr va rizolik tilaymiz", — deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ayni vaqtda marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirmoqdalar.

"Joylari jannatdan bo‘lsin. Yaxshi inson, adabiyot va san’atning fidoyisi edilar", — deb yozgan Gulnoz Mo‘minova.

"Joylari jannatdan bo‘lsin! Bolaligimda adibning bir hikoyasi asosida yaratilgan radio postanovkani eshitib qattiq ta’sirlanganman. Unda asar qahramoni bir kun davomida chumolilar hayotini kuzatishga musharraf bo‘ladi. O‘ziga xos uslubi bor edi", — deb yozgan Ural Normatov.

Adibning yaqinlariga sabr tilab qolamiz. Marhumning oxiratlari obod bo‘lsin.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0