Dunyoda

Tramp "Amerikanikini xarid qil, amerikaliklarni yolla" nomli farmonni imzolaydi

Hujjat mamlakat ichida ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va H-1B vizasi berilishini qayta koʻrib chiqishga moʻljallangan

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp seshanba kuni "Amerikanikini xarid qil, amerikaliklarni yolla" nomi bilan mashhur farmonga imzo chekadi. Bu haqda jurnalistlarga Oq uy maʼmuriyatining yuqori martabali amaldori maʼlum qilgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Dunyoda
Amerika grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi
Tramp bu vaqtda Viskonsin shtatida boʻlishi aytilmoqda.

Taʼkidlanishicha, hujjat mamlakat ichida ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va H-1B vizasi berilishini qayta koʻrib chiqishga moʻljallangan.

"Bu tarixiy voqea va u prezident Tramp qay tarzda oʻz siyosatini oʻzgartirganini taʼkidlaydi. Bu siyosiy landshaftni oʻzgartiradi. Bu respublikachilar partiyasini ishchi sinflarning yanada kengroq namoyish etish uchun dvigatelga aylantiradi", — deb xabar qilgan amerikalik mansabdor.

Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Amerika viza berilishi tartibini murakkablashtirdi
Amaldorning aytishicha, "bu farmon AQShga xorijdan kirib kelayotgan ishchi kuchlar uchun chiqarilgan qonunlar ijrosini taʼminlashda qatʼiy chora-tadbirlar qoʻllashga xizmat qiladi hamda AQShdagi amerikaliklarga bandlikning eng oliy darajasini belgilash va eng yuqori maosh tayinlashda yordam beradi".

Hujjatda shuningdek, H-1B vizasi haqida ham toʻxtalib oʻtilgan. Endilikda bu turdagi viza faqatgina yuqori malakali mutaxassislarga berilishi taʼkidlangan. "Xabaringiz bor, H-1B vizasi "lotereya" shaklida berilayotgan edi", — deya izoh bergan Oq uy xodimi.

""Amerikanikini xardi qil, amerikaliklarni yolla" siyosati ishchi oʻrinlarning koʻpayishiga va iqtisodiy oʻsishga hamda oylik maosh koʻtarilishiga olib keladi", — deb hikoya qilgan jurnalistlarga AQSH maʼmuriyati xodimi.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala