Ravon R2 Rossiyada eng ko‘p sotilgan xetchbeklar o‘nligidan joy oldi

© AvtostatRAVON R2
RAVON R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda Rossiyada Ravon rusumining 50ta dilerlik markazi 1811 dona avtomobil sotgan

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. "AVTOSTAT" tahliliy agentligi tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ravon R2 Rossiya bozorida eng ko‘p sotilgan xetchbeklar o‘nligiga kirdi.

2017 yil yanvar-fevral oylarida sotilgan "xetchbek" kuzovli avtomobillar savdosi natijalaridan kelib chiqib eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingi tuzildi.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyadagi avtomobillar sotuvini 25 baravarga oshirmoqchi

Reyting yetakchisi LADA Granta modeli bo‘ldi. Ko‘rib chiqilgan davr ichida bu mashinadan 4189 dona sotilgan. 2-o‘rinni AVTOVAZning yana bir mashinasi — Lada Xray xetchbeki egallagan (3698). 3-o‘rin 3204 dona sotilgan Renault Sanderoga tegishli bo‘ldi.

Yetakchilar beshligini KIA modellari Rio (2332) va Cee'd (1474) yakunlaydi. Rossiya xetchbeklar bozoridagi yuqori 10talikka quyidagi mashinalar kirdi: Datsun mi-DO (928), Ford Focus (429), LADA Kalina (427), Ford Fiesta (414) va Ravon R2 (372).

2016 yilda Rossiyada Ravon rusumining 50ta dilerlik markazi 1811 dona avtomobil sotgan bo‘lib, ularning aksariyati noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0