Mirziyoyev Erdo‘g‘onga mas’uliyatli faoliyatida zafarlar tiladi

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Turkiya rahbarini 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 2017-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajep Tayyip Erdog‘anni 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. - Sputnik O‘zbekiston
Bugun Turkiya xalqi prezident yoki parlament boshqaruvini tanlaydi
"O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini ta’kidladi va qardosh o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Mirziyoyev Turkiya prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardosh Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.
Yangiliklar lentasi
0