Samarasiz ish olib borgan tumanlar hokimlari ishdan bo‘shatiladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videoselektor yig‘ilishida birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmagan tumanlar hokimlari lavozimida qolish-qolmasligi masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildilar

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmagan tumanlar hokimlari lavozimida qolish-qolmasligi masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildilar.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qator tashkilotlar rahbarlarini qattiq ogohlantirdi

Yig‘ilishda qayd etilishicha, "O‘zagrotexmash", "O‘zqurilishmateriallari" AJ, "O‘zbekoziqovqatxolding" XK, "O‘zfarmsanoat" DAK korxonalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi hududiy korxonalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarni bajarishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Oltinko‘l, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Buxoro, Vobkent, Baxmal, Sariosiyo, Sirdaryo va Quva tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish prognozlari bajarilmagan.

Eksport prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun "O‘zagrotexsanoatxolding", "O‘zbekoziqovqatxolding" XK, "O‘zqurilishmateriallari" AJ, "O‘zfarmsanoat" DAK rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari faoliyati tanqid qilindi.

2017 yilning birinchi choragida meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan hajmda eksportga yetkazib berishni ta’minlamagan tumanlar hokimlari birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimida qolishi yoki qolmasligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0