O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan 154 mln dollarlik kelishuv imzoladi

© TANG CHHIN SOTHY / AFPAziatskiy bank razvitiya
Aziatskiy bank razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bozorining katta qismini qamrab olish va Yevropa bozorlariga chiqish orqali O‘zbekistonning meva va sabzavot eksporti sezilarli ravishda kengayishi mumkin, deb hisoblaydi OTB

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Moliya vazirligining xabariga qaraganda, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 154 mln dollar yo‘naltirdi. Xabarga ko‘ra, OTB bilan qarz kelishuvi shu yilning mart oyida imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 240,9 mln dollarni tashkil etadi.

Loyiha fermer xo‘jaliklari va sohaga tegishli korxonalar zamonaviy texnika, uskuna va meva-sabzavotchilik sohasidagi kerakli xomasholarni sotib olish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochishni ko‘zda tutadi.

Meva sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun savdo uyi ochildi

Loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirgan banklar orasidan "Asaka"," Davr-bank", Hamkorbank, Ipakyo‘li, Ipoteka-bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Turonbank va O‘zsanoatqurilishbank tanlab olindi.

Rossiya bozorining katta qismini qamrab olish va Yevropa bozorlariga chiqish orqali O‘zbekistonning meva va sabzavot eksporti sezilarli ravishda kengayishi mumkin, deb hisoblaydi OTB. Ammo buning uchun mahsulot sifatini, xavfsizlik standartlari, sertifikatsiyalash, saqlash, qayta ishlash va marketing texnologiyalarini yaxshilash kerak bo‘ladi.

Loyiha shuningdek, fermer va korxonalarga biznes-rejalashtirish, agrotexnika uslublari va hosil yig‘ib olishdan keyingi jarayonni takomillashtirish, eksport bozoriga chiqish uchun zarur malakani oshirish imkonini ham beradi.

O‘zbekistonning eng yirik meva-sabzavot eksportchisi "O‘zagroeksport"ning mo‘ljaliga ko‘ra, O‘zbekiston 2017-yilda 1,27 mln tonna yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Bu 2016-yildagiga qaraganda, uchdan bir qismga ko‘proq deganidir.

Bizning o‘zbekcha Telegram kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0