O‘zbekiston IIV ishchi-xizmatchi lavozimlariga da’vogarlarni izlayapti

© AP Photo / Umida AkhmedovaO‘zbek militsiya xodimlarining paturl mashinasi
O‘zbek militsiya xodimlarining paturl mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu lavozimga 35 yoshdan oshmagan, rus va o‘zbek tillarini yaxshi biladigan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinishi ta’kidlangan

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ishchi-xizmatchi (erkin yollangan) lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon berdi.

"Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi va istiqomat qiluvchi, 35 yoshdan oshmagan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zbek va rus tillarini yaxshi biladigan fuqarolarni ishga qabul qilamiz", — deyilgan e’lon matnida.

Batafsil ma’lumot uchun Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 1-uy, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga murojaat qilish so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0