Madaniyat

Prezident Yulduz Usmonovaga ulkan guldasta sovgʻa qildi

"Prezidentdan gullar toʻla savat. Primadonna Yulduz Usmonova uchun qimmatli sovgʻa", deb yoziladi xonandaning sahifasida

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Istiqlol" sanʼat saroyida kontsert dasturini taqdim etayotgan Yulduz Usmonovaga ulkan guldasta sovgʻa qildi. Bu haqda xonanda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

"Prezidentdan gullar toʻla savat. Primadonna Yulduz Usmonova uchun qimmatli sovgʻa", deb yozilgan sahifada. Lekin keyinroq ushbu surat sahifadan olib tashlandi.

Instagram Yulduz Usmanovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Yulduz Usmonovaning Instagramdagi sahifasidan olingan surat

Xonandaning rasmiy saytida yozilishicha, Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning "Ey, aziz inson" deb nomlangan kontsert dasturi katta shov-shuvlar bilan oʻtmoqda. Yaqin va uzoq mamlakatlardan uning muxlislari kontsert dasturini tomosha qilish uchun tashrif buyurishmoqda.

18 aprel kungi kontsert dasturini AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Pamela Spratlen xonim ham maroq bilan tomosha qildi. AQSH elchisi kontsert soʻngida xonandani qutlar ekan, "Yulduz Usmonova, siz juda zoʻr", dedi oʻzbek tilida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala