Dunyoda

Rossiyalik mashhur boshlovchi Oʻzbekistonni hech qaysi davlatga alishmasligini aytdi

"Modnыy prigovor" boshlovchisi Aleksandr Vasilyev koʻrsatuvning 20 aprel kunidagi "Moda tarixi: Oʻzbekiston" deb nomlangan sonida tomoshabinlarga Oʻzbekistonga safari va safardan olgan taassurotlari haqida soʻzlab berdi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Moda ixtirochisi Aleksandr Vasilyev Oʻzbekistondagi moda tarixiga sayohat qilishni va oʻzbek milliy liboslari hamda taqinchoqlari bilan yaqindan tanishishga chorlamoqda, deb xabar qilingan "Modnыy prigovor" koʻrsatuvi rasmiy saytida.

Aleksandr Vasilyev - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
"Modnыy prigovor" boshlovchisi Aleksandr Vasilyev Oʻzbekistonda boʻldi
Ilgariroq, rus va frantsuz modasi tarixchisi, sanʼatshunos Vasilyev Oʻzbekistonda boʻlgani haqida xabar qilgan edik. Buyuk Ipak yoʻli shaharlari boʻylab" deb nomlangan dastur doirasida sanʼatshunos Oʻzbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga tashrif buyurgan edi.

"Tunika, xalat, sharovalar — bu sharqona uslub atributlari boʻlib, allaqachon Yevropa moda olamida oʻz oʻrnini qozongan. Men sizlarni Oʻzbekistonning sehrli moda oʻtmishiga sayohat qilishga chorlayman. Men yaqindagina Oʻzbekistondan qaytdim, u yerga koʻchma maktabim bilan birga tashrif buyurgan edim", — dedi koʻrsatuv davomida Vasilyev.

"Sizlarga aytishim kerak, eng ajabtovur taassurotlar bilan qaytdim. Mamlakat ozoda, mazali taomlarning bisyorligini aytmaysmizmi… Va men boʻlgan shaharlarning barchasi meni modaga oid kashfiyotlari bilan quvontirdi", — deya oʻzbek liboslarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilgan boshlovchi.

Oʻzbek milliy matolariga toʻxtalar ekan, Vasilyev ular jozibador ornamentlari bilan betakrorligini qayd etdi.

Oʻzbekistonga safaridan gʻoyatda mamnunligini yashirmagan Vasilyev Oʻzbekistonda amalga oshirgan xaridi Marokashdagidan ham afzalroqligini taʼkidladi. "Men dunyoning 70ta mamlakatida boʻlganman. Va agar menga tanlash imkonini berishganida men aynan Oʻzbekistonni tanlagan boʻlar edim", — deb taʼkidladi u koʻrsatuv davomida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala