Jamiyat

Toshkentda yana taymerli svetoforlar paydo boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishSinov tariqasida oʻrnatilgan svetofor
Sinov tariqasida oʻrnatilgan svetofor - Sputnik Oʻzbekiston
Sariq chiroq oʻrniga taymer oʻrnatilgan svetoforlar hozircha bitta chorrahada paydo boʻldi, tajriba oʻzini oqlasa, transport harakatini boshqaradigan bu kabi qurilmalar shaharning barcha qismiga joriy etiladi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi Nurafshon va Xumdonsoy koʻchalari kesishmalarida tajriba sifatida taymerga ega yorugʻlik diodli svetoforlar oʻrnatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taymerli svetofor - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda taymerli svetoforlar oʻrnatila boshlandi
Poytaxt IIBB YHXBning xabar qilishicha, sariq chiroq oʻrniga raqamli taymerga ega svetoforlar hozircha faqat bitta chorrahada paydo boʻlgan. Agar sinov oʻzini oqlasa, transport harakatini boshqaradigan bu kabi qurilmalar boshqa chorrahalarga ham oʻrnatilishi mumkin.

"Shaharda qoʻllanib kelinayotgan odatdagi qurilmalardan farqli ravishda, svetoforning sariq chirogʻi oʻrnidagi raqamlar agarda harakatlanishni taqiqlovchi chiroq yonib turgan boʻlsa qizil, ruxsat beruvchi ishora vaqtida esa yashil rangda yonadi. Bu svetoforlarning sinovi bir necha kun oldin boshlandi va bir necha oy davomida davom etishi mumkin", — deb taʼkidlagan IIBBda.

Qayd etish joizki, avvalroq YHXB vakillari poytaxtdagi qayd etish kameralari oʻrnatilgan 115 ta chorrahaga taymerlar oʻrnatish rejasining mavjud emasligini maʼlum qilgan edi. Toshkentda jami 400 ta chorraha mavjud.

Oʻzbekistonning bir qancha shaharlarida taymerli svetoforlardan bir necha yillardan buyon foydalanib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala