Toshkentda rus shansoni qirolichasi konsert beradi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVruchenie premii "Shanson goda"
Vruchenie premii Shanson goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsert uchun chipta narxi 100 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lib, saroy kassalaridagilar ma’lum qilishlaricha, rus shansoni qirolichasining konsertiga chiqarilgan chiptalarning yarmidan ko‘pi sotib bo‘lingan

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Poytaxtdagi "Istiqlol" san’at saroyida 3-may kuni Lyubov Uspenskaya konsert dasturini namoyish etadi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Lyubov Uspenskaya — sobiq sovet, Rossiya va Amerika xonandasi bo‘lib, shahar romansi va rus shansoni ijrochisi, "Yil shansoni" mukofotining ko‘p karra sohibasi hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, konsert uchun chipta narxi 100 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lib, saroy kassalaridagilar ma’lum qilishlaricha, rus shansoni qirolichasining konsertiga chiqarilgan chiptalarning yarmidan ko‘pi sotib bo‘lingan.

Xonanda o‘zbekistonlik muxlislarini o‘zining xit bo‘lgan va yangi qo‘shiqlari bilan xursand qilishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0