Sport

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta futbol telekanali ishga tushirildi

© AFP 2018 / JUNG YEON-JEOdil Ahmedov Janubiy Koreya termasi bilan oʻyinda
Odil Ahmedov Janubiy Koreya termasi bilan oʻyinda - Sputnik Oʻzbekiston
Tashabbuskorlar soʻzlariga koʻra, sinov jarayoni davomida "Futbol TV" sutkasiga 12 soat, 14.00dan 03.00ga qadar faoliyat yuritadi. Test jarayoni muvaffaqiyatli yakun topsa u 24 soatlik ish tartibiga oʻtkaziladi

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Kuni kecha, yaʼni 23 aprel kuni Oʻzbekiston tarixida birinchi marta maxsus ixtisoslashtirilgan futbol telekanali — "Futbol TV" ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Karton figurkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Bu futbolmi yo... Millionlar oʻyini ishqibozlari portalga shikoyat yozmoqchi
Kanalda birinchi boʻlib Ispaniya chempionatining 33 turi — "Real"-"Barselona" uchrashuvi namoyish qilingan. Yangi telekanal tashabbuskori axborot jurnalistikasida ixtisoslashgan Uzreport TV, deb xabar qilmoqda muxbir.

Tashabbuskorlar soʻzlariga koʻra, sinov jarayoni davomida "Futbol TV" sutkasiga 12 soat — 14.00dan 03.00ga qadar faoliyat yuritadi. Test jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, u 24 soatlik ish tartibiga oʻtkaziladi.

"Futbol-TV"da toʻgʻridan-toʻgʻri futbol translyatsiyalaridan tashqari, eng qizgʻin kechgan uchrashuvlar takroran namoyish etilishi aytilmoqda. Bundan tashqari, ayni vaqtda futbol haqida koʻrsatuvlar ustida ish olib borilib, sport haqida hujjatli filmlar tayyorlanayotgani taʼkidlanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala