"Uzbek Tigers" kubalik bokschilarga qarshi jang qiladi

© Federatsiya boksa UzbekistanaUzbek Tigers pered poletom v Rossiyu
Uzbek Tigers pered poletom v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kubaning "Cuba Domadores" jamoasi o‘tgan mavsumda oltin medallarni qo‘lga kiritgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning pley-off bosqichiga chiqqan "Uzbek Tigers" jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O‘tgan mavsumda bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘zbek bokschilari navbatdagi bosqichga chiqish uchun o‘tgan mavsumda oltin medallarni qo‘lga kiritgan Kubaning "Cuba Domadores" jamoasiga qarshi to‘qnash keladi.

Janglar 12/13 va 19/20 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Chorak finaldagi qolgan juftliklar quyidagicha ko‘rinish olgan:

"France Fighting Roosters" — "British Lionhearts"

"Patriot Boxing Team" — "Astana Arlans Kazakhstan"

"Italia Thunder" — "Colombia Heroicos"

Yangiliklar lentasi
0