Jamiyat

Endi maktablarda sinfdagi oʻquvchilar soni 35 tadan ortishiga yoʻl qoʻyilmaydi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishNachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii
Nachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan maktabga qabul qilish meʼyorlariga ham aniqliklar kiritildi

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida boʻlib oʻtgan anjumanda taʼlim sifati va samaradorligini yuksaltirishga oid amaliy ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida soʻz bordi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hamda "Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorlari oʻqitish tizimini yangi bosqichga koʻtarishga imkon yaratadi.

Ushbu qarorlarga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tizimiga qator oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining turlari belgilandi. Davolash-profilaktika maskanlarida statsionar sharoitda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning oʻzida umumiy oʻrta taʼlim berish tashkil etiladi.

Jamiyat
Toʻrt yil ichida maktabgacha taʼlim tizimi takomillashtiriladi

Olis aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning sifatli umumiy oʻrta taʼlim olishini taʼminlash maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumtaʼlim maskanlarining filiallari tashkil etilib, ularda oʻquvchilar soni 100 nafargacha boʻladi. Boshqa umumtaʼlim maskanlariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oʻquvchilar soni 180 nafargacha boʻlgan umumtaʼlim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin. Tegishli maydonga ega boʻlgan maktablar sinflarida oʻquvchilar tarkibi 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan taʼlim maskanlariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar) doirasida umumtaʼlim maskani pedagoglari tomonidan amalga oshiriladi.

Bu maktablardagi oʻquvchilar sonidagi nomutanosiblikka barham beradi. Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan maktabga qabul qilish meʼyorlariga ham aniqliklar kiritildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala