Jamiyat

Chimyonda qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi

Ilgariroq FVV 21-28 aprel kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi, qirgʻoqlarning yemirilishi, qirgʻoqqa yaqin hududlarda suv toshishi xavfi mavjudligi haqida ogohlantirgandi

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyon togʻ tizmasida qor koʻchishi xavfidan ogohlantirdi.

"Oʻzgidromet" maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilning 26-27 aprel kunlari Chimyon togʻ tizmalarining daryo sathidan 2200 metr balandligida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilingan. Xavfsizlik va ehtiyot choralarini koʻrishingizni soʻraymiz", deyiladi xabarda.

Ilgariroq FVV 21-28 aprel kunlari havo haroratining keskin koʻtarilishi natijasida respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi, daryo va soylarda suv sathining keskin koʻpayishi tufayli qirgʻoqlarning yemirilishi, qirgʻoqqa yaqin hududlarda suv toshishi xavfi mavjudligi haqida ogohlantirgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala