Hodisalar

Soxta tabiblik ortidan 500 ming dollarga yaqin pul ishlagan traktorchi qamaldi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Fotobankka oʻtishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Tergov maʼlumotlariga koʻra, soxta tabibning korxonasi faoliyat koʻrsatgan davrda topgan noqonuniy daromadi 1,8 milliard soʻmni tashkil qilgan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekistondagi qishloqlardan birida yashovchi traktorchi firibgarlik yoʻli bilan tabiblik sertifikatini qoʻlga kiritgani va tabiblik qilgani uchun 8 yilga qamaldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti "Huquq" gazetasiga tayanib.

Ekstrasens buyumlari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Rossiyada oʻzbekistonlik soxta ekstrasenslar sud qilinadi

Xabarda aytilishicha, Buxoro viloyatining Olot tumanidagi qishloqlardan birida traktorchi boʻlib ishlagan Qahramon Poʻlatov aldov yoʻli bilan Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan psixologlar, vrachlar va xalq tabiblari butunjahon assotsiatsiyasining aʼzolik sertifikatini qoʻlga kiritadi.

2016 yil aprelda u tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy korxona tashkil etadi va oʻz qarindoshlarini ham bu ishga jalb etadi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, soxta tabibning korxonasi faoliyat koʻrsatgan davrda topgan noqonuniy daromadi 1,8 milliard soʻm (Oʻzbekiston Markaziy banki kursi boʻyicha 500 ming dollarga yaqin)ni tashkil qilgan.

"Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyat sudi Poʻlatovni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va eng kam ish haqining 150 baravari (6000 dollar) miqdorida jarima toʻlashga hukm chiqardi", — deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, uning sheriklari ham respublika Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq javobgarlikka tortilishgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala