Jamiyat

"Toshshahartransxizmat" tarkibidagi korxonalar 15 mln soʻmdan ortiq jarima toʻladi

Toshkent shahri yoʻllari, chorrahalarida videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan dastlabki kunlarning oʻzidayoq "Toshshahartransxizmat" tizimidagi avtokorxona haydovchilari tomonidan 52ta qoidabuzarlik sodir etilgan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi avtokorxona haydovchilarining yoʻllardagi qoidabuzarliklari bois jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar 15 mln soʻmdan ortiq jarima toʻladi. Bu haqda aktsiyadorlik jamiyati saytida bildirildi.

Kuzatuv kamerasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kameralar tufayli qoidabuzarliklar soni 4 baravar kamaydi

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri yoʻllari, chorrahalarida maxsus videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan dastlabki kunlarning oʻzidayoq "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tizimidagi avtokorxona haydovchilari tomonidan 52ta qoidabuzarlik sodir etilgan.

Mazkur qoidabuzarliklar sababli jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar 15 million soʻmdan ortiq jarima toʻlashga majbur boʻlgan.

Shu yilning 15 martidan 14 apreligacha boʻlgan muddatda "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufidagi avtokorxonalar haydovchilari tomonidan jami 191ta qoidabuzarlik sodir etilgan boʻlib, barcha qoidabuzarliklar taqiqlangan qizil chiroq belgisiga rioya qilmaslik boʻlib chiqdi.

"8-avtobus saroyi"MCHJ, 12- va 18-avtosaroylarda qoidabuzarlik juda yuqori boʻlgan. Jamiyat tarkibidagi korxonalar ichida "1-avtobus saroyi" MCHJ haydovchilari nisbatan kamroq qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala