GM Uzbekistan imtiyozli sertifikatlar bilan bog‘liq mish-mishlar bo‘yicha bayonot berdi

© toshkent.uzVruchenie klyuchey ot mashini veteranu
Vruchenie klyuchey ot mashini veteranu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"JiEm O‘zbekiston" AJ va uning jamoasi faxriylarga hurmat bilan qaraydi, ularning qahramonliklarini e’zozlaydi va shu bois bu mavzudagi turli o‘yinlar yoki ikki yoqlama yondashuvlarga befarq qarab turolmaydi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi axborot xizmati keyingi kunlarda urush faxriylariga yengil avtomobillarni bir martalik navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish bo‘yicha imtiyozli sertifikatlar berilishi bilan bog‘liq vaziyat buzib ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

"Keyingi kunlarda bir qator OAV (xorijda joylashgan)da 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga yengil avtomobillarni bir martalik navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish bo‘yicha imtiyozli sertifikatlar berilishi bilan bog‘liq vaziyat buzib ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, "Feysbuk" tarmog‘ining o‘zbek tilidagi keng tarqalgan hamjamiyatlarida postlar ko‘rinishida shu mazmundagi xabarlar joylanmoqda", deyiladi axborot xizmati tomonidan.

Urush veteranlari navbatsiz mashina oladi

Kompaniya bunday yolg‘on, butkul buzib talqin qilinayotgan xabarlar tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagilarni ma’lum qildi.

Imtiyozli sertifikatlarni taqdim etish aksiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Hukumat qarorini bajarish doirasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan hududlar taqsimoti bo‘yicha ro‘yxat asosida 1631 dona ism-sharifli sertifikat tayyorlangan.

"JiEm O‘zbekiston" dilerlik korxonalari tomonidan davlat boshqaruv organlari, mudofaa ishlari bo‘limlari, "Nuroniy" jamg‘armasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga sertifikatlarni ularning yashash manzillarida topshirilmoqda.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali topshirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali ravishda topshirildi

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sertifikatning amal qilish muddati 2017-yilning 31-dekabrigacha bo‘lib, sertifikat egasi 2017-yilning o‘ziga qulay vaqtida respublikada ishlab chiqarilgan o‘zi istagan modeldagi yengil avtomobilni navbatsiz xarid qilish uchun dilerlik korxonasiga murojaat qilishi mumkin. Ushbu sertifikatdan nafaqat faxriylar, balki ularning oila a’zolari va vasiylari ham foydalanishlari mumkin.

Shu vaqtga qadar hali biror marta ham shartnoma tuzish yoki avtomobilni yetkazib berish muddati cho‘zilgan holat qayd etilmadi.

"Shu tarzda, bunday ko‘rinishdagi sun’iy ravishda o‘ylab topilgan soxta shov-shuvlar va ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilar tomonidan "g‘azabli post" shaklida tarqatilayotgan xabarlar (qasddan, yoki masalaning mohiyatini tushunmay yo bo‘lmasa bexabarlik sababli) mutlaqo yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

"JiEm O‘zbekiston" AJ va uning jamoasi faxriylarga hurmat bilan qaraydi, ularning qahramonliklarini e’zozlaydi va shu bois bu mavzudagi turli o‘yinlar yoki ikki yoqlama yondashuvlarga befarq qarab turolmaydi.

Mazkur aksiyaning borishini biror-bir usulda buzib ko‘rsatishga urinish, uni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan tarzda izohlash kabi harakatlarni uydirma, yolg‘on axborot tarqatish va jamiyatni qasddan chalg‘itish deb bilamiz. O‘z navbatida bu holatni kompaniyamiz va uning ko‘pming kishilik jamoasining qadri va g‘ururiga nisbatan tajovuz deb baholaymiz.

Suratda 1925-yilda tug‘ilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anvar Hakimov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada veteranlarga navbatsiz mashina xarid qilish sertifikatlari topshirildi

Shu bois adolat va oshkoralik uchun kurashmoqdamiz deya o‘zlarini "adolat tarafdorlari" e’lon qilganlar, o‘zlarini "sariq matbuot" emas, o‘z ishining ustasi deb hisoblaydigan "qalam nahanglari"ga ushbu mavzuda yozish yoki izoh qoldirishdan oldin yaxshilab o‘ylashni maslahat beramiz.

Agarda kimdir aksiya amalga oshirilishi jarayonida biz yoki dilerlik korxonalari tomonidan qonunbuzilishlari holatlariga duch kelgan, bu borada aniq ma’lumotga ega bo‘lsa ushbu ma’lumotlarni anonim emas, oshkora tarzda, turli kamsitish va haqoratlarsiz taqdim etishini so‘raymiz. Biz bunday faktlarni jiddiy tarzda, mas’uliyat va oshkoralik bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaymiz.

Ushbu mavzudagi turli fitnalarni bas qilishni va arzon "piar" uchun faxriylar mavzusidan foydalanmaslikni so‘raymiz", deyiladi kompaniya bayonotida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0