Jamiyat

Fargʻona vodiysida E-SUD tizimi ishga tushirilmoqda

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
E-SUD - Milliy elektron sudlov axborot tizimi boʻlib, u fuqarolarga sud jarayoni, sudning ogohlantirish hujjatlari bilan onlayn tanishish imkonini beradi.

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. E-SUD — tizimidan kengroq foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Fargʻona vodiysida maxsus maxsus oʻquv-mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Unda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridan 130 dan ortiq tuman sudyalari, huquqshunoslar, fuqarolik sudlari boshliqlari, kommunal xizmat va soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi plenumi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi birlashtiriladi

E-SUD  Milliy elektron sudlov axborot tizimi (http://v3.esud.uz/) Oʻzbekiston Oliy sudi, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va  AQShning Xalqaro rivojlanish (USAID) tashkilotlari loyihasi asosida yaratilgan.

E-SUD tizimi foydalanuvchiga ariza topshirish, hujjatlarni elektron tarzda olib borish, koʻrib chiqliyotgan ishlarni sudga tashrif buyurmasdan elektron tarzda kuzatib borish, sud ogohlantiruvchi hujjatlarini ular tuzilgan zahotiyoq, elektron koʻrinishda olish,  sud hujjatlari bilan onlayn tanishish imkonini beradi.

"Boshqacha qilib aytganda,  E-SUD jismoniy va yuridik shaxslarning vaqt va mablagʻini tejab, ariza topshirish jarayoni hamda fuqaro ishlari borasida barcha kerakli hujjatlar bilan tezda tanishish imkonini yaratadi", — deyilgan BMTTD matbuot xizmati xabarida.

Oʻzbekiston Oliy sudi E-SUD tizimi toʻliq ishga tushishi uchun tumanlararo fuqaro sudlarini kompyuter texnikasi va internet aloqasi bilan taʼminlash choralarini koʻrmoqda. Bugungi kunda Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mahalliy hududlararo elektron sud tarmoqlari ishga tushirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala