Islom Karimovga haykal yasash tanlovida Ilhom Jabborov gʻolib boʻldi

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Haykalning 68ta loyihasi tomoshabinlar hukmiga havola qilingan edi. Tanlovda birinchi oʻrin uchun 25 ming dollar, ikkinchi oʻrin uchun - 20 ming dollar, uchinchi oʻrin uchun 15 ming dollar mukofot belgilangan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkentda Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal yasash boʻyicha Xalqaro badiiy tanlov yakunlari eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xalqaro badiiy tanlov yakunlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hayʼati taqdim qildi. Mustaqil komissiya bu yoʻnalishda katta ishlar qilib, oʻz xulosasini bayon etdi.

Venadagi BMT binosi qarshisida fors olimlari haykallari oʻrnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BMT binosi roʻparasida Sharq allomalariga haykal oʻrnatildi
Tanlovda aksariyat ovozlarni toʻplashga muvaffaq boʻlgan haykaltarosh Ilhom Jabborov gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrin — yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi oʻrin esa — Toʻlagan Tojixoʻjayevga nasib etdi.

"Men tanlov qatnashchilari va gʻoliblarini chin yurakdan tabriklayman. Gʻoliblikka daʼvogarlar koʻp boʻlgani uchun eng munosib ishlarni saralab olish murakkab kechdi. Ammo endilikda faqat olgʻa qadam bosish kerak, haykaltaroshlar oldida ulkan vazifalar turibdi. Mamlakat rahbariyati ona yurtning buyuk oʻgʻlonlari va ayollari xotirasini abadiylashtirish maqsadida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Ularga respublikaningi koʻplab shaharlarida haykallar oʻrnatiladi. Shu bois, bu masalalarni hal etishda kuchni va ijodiy gʻoyalarni bir joyga jamlab harakat qilish kerak", — degan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur.

© SputnikPobeditelem v konkurse na pamyatnik Karimovu stal Ilxom Jabbarov
Pobeditelem v konkurse na pamyatnik Karimovu stal Ilxom Jabbarov  - Sputnik Oʻzbekiston
Pobeditelem v konkurse na pamyatnik Karimovu stal Ilxom Jabbarov

U shuningdek, barcha haykaltaroshlarni Sharof Rashidov, Abdulla Oripov, Ozod Sharofitdinov, Said Ahmad va Saida Zunnunova hamda Muhammad Yusufga haykallar yaratish boʻyicha oʻtkazilishi belgilangan tanlovlarda faol ishtirok etishga va bu bilan vatan ravnaqiga hissa qoʻshishga chorlagan.

Amir Temur haykali - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Alisher Navoiy va Islom Karimov haykalini qurish kimga topshiriladi?
Eslatib oʻtamiz, ushbu tanlovda Oʻzbekiston Ukraina, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Germaniya, Italiya va Avstraliyadan jami 58 nafar mualliflar ishtirok etdi. Haykalning 68ta loyihasi tomoshabinlar hukmiga havola qilindi. Tanlovda birinchi oʻrin uchun 25 ming dollar, ikkinchi oʻrin uchun — 20 ming dollar, uchinchi oʻrin uchun — 15 ming dollar pul mukofoti belgilangan.

Ilxom Jabbarov mamlakatning eng mashhur haykaltaroshlaridan biridir. Toshkentdagi Furqat (bronza, granit, 1982; meʼmori S. Sutyagin), Urgutdagi Navoiy (mis, 1985), Namangandagi Mashrab (mis, 1988), Toshkent (1992), Samarkand (1997) va Shahrisabz (1997)dagi Amir Temur haykallari (bronza; meʼmori F. Ashrafiy), Fargʻonadagi Al Fargʻoniy (bronza, 1998), Toshkentdagi "Ona" (bronza, 1999), Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi (2000) haykallari muallifi Jabborovdir.

2001 yilda "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala