Jamiyat

Oʻzbekistonda eng faol internet foydalanuvchilari kimlar?

© SputnikPolzovatel chitayet novosti na portale Sputnik Litva
Polzovatel chitayet novosti na portale Sputnik Litva - Sputnik Oʻzbekiston
Marketing mutaxassislari fikricha, oʻzbekistonlik aksariyat yuzerlar, yaʼni internet foydalanuvchilari yoshi 18-45 lar orasida boʻlgan, televizor tomosha qilmaydigan, koʻpincha telefon orqali ijtimoiy tarmoqlarda oʻtradigan erkaklar ekan.

TOSHKENT, 26 apr – Sputnik. Kecha Toshkentda boʻlib oʻtgan Usenet 2017 anjumanida Oʻzbekiston va Rossiya kompaniyalarining yetakchi marketing mutaxassislari internetda samarali marketing sirlari bilan boʻlishishdi.

Usenet 2017 – marketing, reklama va IT sohasi mutaxassislari birgalikda ishtirok etgan anjuman boʻlib, u Ledokol Group media agentligi tomonidan tashkil qilingan. Anjumanda nafaqat oʻzbekistonlik mutaxassislar, balki Rossiyaning Yandeks, Mail.ru Group, Green PR, UsabilityLab, Odnoklassniki Group kabi yetakchi internet kompaniyalari vakillari ham ishtirok etib, oʻz tajribalari bilan baham koʻrishdi.

Quyida ushbu anjumanning eng qiziq maʼruzalaridan lavhalar keltiramiz.

Snizilis tsenы na internet - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda internet xizmati narxi yana arzonlashdi

Anjuman boshida Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov oʻzbekistonlik yuzer internetda maʼlumot qidirganda 70%  Googledan va 30%  Yandeksdan foydalanishini taʼkidladi. Ushbu boʻlishuv aholining aksariyati internetdan foydalanish uchun Android operatsion tizimi oʻrnatilgan mobil uskunalardan foydalanayotgani sababli ekan.

Yuzerlar televizor tomosha qilmaydi

Aholi eng koʻp foydalanadigan media manbalariga kelsak, iqtisodiy faol yuzerlarning 50 %i umuman televizor koʻrmas yoki juda kam koʻrar ekan. Oʻzbekiston haqida yana bir qiziqarli fakt: televizor tomosha qilayotganda yuzerlarning 82% ikkinchi ekrandan (smartfon yoki kompyuter) foydalanib yangiliklarni oʻzi istagan saytlardan tomosha qilar ekan.  Sabab —  televideniye koʻrsatuvlari aholi ehtiyojini qonlirmasligi, deyilmoqda.

Narxlar soʻmda boʻladi – ura!

Bu yil ilk bor anjumanda Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari vaziri v.b. Sherzod Shermatov ishtirok etdi.  Shermatov  davlat boshqaruv organlari  narxi “shartli birlik”da belgilangan uyali aloqa va internet xizmatlari qiymati tinimsiz oʻsib borayotgani haqida, "portal"ga koʻplab murojaatlar kelib tushayotgani haqida gapirdi. Vazir v.b. yil oxiriga qadar ushbu xizmatlar narxini milliy valyutada belgilash choralari ishlab chiqarilishini tasdiqladi.

Odnoklassnikida internet-doʻkonlar paydo boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Odnoklassnikida internet-doʻkonlar paydo boʻldi

Yuzerni baxtli qil

Yandeks vakili Yekaterina Bogatыryovaning nutqi eng qiziqarlilardan biri boʻldi. Xususan, Yekaterina yuzerlarni qanday baxtli qilish mumkinligi haqida soʻzlab berdi. Mutaxassis aytishiga qaraganda, mijozni baxtli qilish uchun avvalombor uni reklama bannerlari bilan koʻmib tashlamaslik kerakligini taʼkidladi. Bannerlar juda koʻp va nooʻrin koʻrsatilgan hollarda yuzer sizning saytingizga umuman qaytib kelmasligi yoki unda “banner payqamaslik” (bannernaya slepota) xususiyati paydo boʻlishi mumkin ekan.

Bunday boʻlmasligi uchun, har qadamda yuzer haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan jamlab borish va undan toʻgʻri foydalanishni bilish kerak ekan. Bannerlar muayyan foydalanuvchiga, aynan kerakli joyda va kerakli vaqtda koʻrsatilishi kerak.  Bu borada Yandeks.direktdan koʻp narsa oʻrganishingiz mumkin, dedi Yekaterina.

Ruhshunos maslahati

Keyingi notiq haqiqiy ruxshunos boʻlib chiqdi. Rossiyaning UsabilityLab kompaniyasi vakili Dmitriy Satin soʻzlariga koʻra, Milleniallar, yaʼni 1981 yildan keyin tugʻilgan va 21 asrni  raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bogʻlangan holda kutib olgan yoshlar avlodi, “bozor koʻnikmalarini” yoʻqotib bormoqda va koʻp hollarda, ular sotuvchi bilan muloqot qilishni istamaydi. Yaʼni savdo qilishni istamaydi….

Maktab oʻquvchilari internet klublarda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bolasi internet kafeda oʻtiradigan ota-onalar 1,5 mln soʻmga yaqin jarima toʻlaydi

Shunday ekan ularga sotuvchi bilan muloqot qilmagan holda sotib olishga imkon bering! Buning uchun turli, juda qulay dasturlar yaratilgan.

(Tahr.: Nahot Oʻzbekistonda ham, magazindagi narsani aytilgan narxda olib ketaveradigan, savdo qilishni istamaydiganlar yuzerlar bor?)

Ijtimoiy tarmoqmi yoki messenjer?

Oxirgi vaqtlarda koʻplab yuzerlar ijtimoiy tarmoq oʻrniga messenjerlardan foydalanishni xush koʻrmoqda, chunki messenjerda maʼlumot  muayyan foydalanuvchiga muvofiqlashtirilgan. Messenjerda qanday mavzulardagi yangilik unga kerakligini ijtimoiy tarmoq roboti emas,  yuzerning  oʻzi tanlab oladi va kerak boʻlganda uni oʻzgartirishi ham mumkin, deydi rossiyaning Green PR kompaniyasi vakili Damir Xalilov.

Odnoklassniki tarmogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Odnoklassniki" UZCARD toʻlov tizimi bilan hamkorlik qilmoqda

Messenjerlar shaxs brendini targʻib qilish uchun ham eng yaxshi vosita boʻlib qolmoqda. Bunga Telegramda misollar juda koʻp.

Hamma Odnoklassnikida “oʻtiradi”

Har oy Oʻzbekistondan 2 163 437 ta yuzer ushbu ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi. Oʻzbekistonlik foydalanuvchilarning 72%i oʻgʻil bolalar boʻlib, ularning 38%i 18-25 yosh orasida. Umumiy foydalanuvchilarning 82%i ijtimoiy tarmoqqa telefon orqali ulanadi. OK eng ommaviy boʻlgan mamlakatlar orasida Oʻzbekiston Ukraina, Qozogʻiston va Belorussiyadan keyin toʻrtinchi oʻrinda, deb maʼlumot berdi Odnoklassniki vakili Aleksey Kashevarov.  

Usenet.uz va Futura.uz sahifalari maʼlumotlariga asosan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala