Hodisalar

Kaliningradda oʻzbekistonlik "ID" rahbari va 11 nafar jangarilar qoʻlga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishRossiya FXX spetsnazlari
Rossiya FXX spetsnazlari - Sputnik Oʻzbekiston
Kaliningrad shahrida 12 nafar xalqaro terrorchilik uyushmasi jangarilari qoʻlgan olingan, ularning barchasi oʻrta osiyolik boʻlib chiqqan

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya FXX (Federal xavfsizlik xizmati) spetsnazi Kaliningradda xalqaro terrorchilik uyushmasi "Islom jihod-jamoat mojaxed" yacheykasining 12 nafar aʼzosini qoʻlga oldi. Barcha ushlangan shaxslar kelib chiqishi markaziy osiyoliklar boʻlgan. Ular terrorchilik uyushmasi faoliyatiga fuqarolarni yollash bilan shugʻullanganligi ehtimoli bor. Bu haqda FXX mintaqaviy boshqarmasi maʼlumotiga asoslangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Koloniya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda odamlarni IDga yollagan shaxs sakkiz yilga qamaldi
Shuningdek, maxsus xizmatlar terrorchilik yacheykasi rahbarini aniqlagan. U Oʻzbekistonda ekstremistik jinoyati uchun qidiruvda boʻlgan shaxs boʻlib chiqqan. Huquq tartibot organlari maʼlumotiga koʻra, qoʻlga olingan yacheyka rahbari Kaliningrad viloyatida istiqomat qiluvchilarni yollash bilan shugʻullangan, ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ham boʻlgan.

Qoʻlga olingan shaxslar "Islom jihod-jamoat modjaxed" vakillari (emmisarlari) manfaatlari yoʻlida faoliyatni amalga oshirishgan.

Qoʻlga olingan shaxs oʻz aybini tan olish boʻyicha koʻrsatmalar bermoqda, shuningdek, xalqaro terrorchilik uyushmalar faoliyatida oʻz qarindoshlarining ishtiroki haqida guvohlik bermoqda.

Bundan tashqari, terrorchilik yacheykasi rahbarining aloqalari aniqlanib, Suriyada faoliyat koʻrsatayotgan jangarilarga daxldorligi tekshirilmoqda.

Tez kunlarda qoʻlga olinganlar kelgan davlatlariga ekstraditsiya qilinadi. Ular oʻz vatanlarida terrorizm jinoyati boʻyicha sudlanadilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala