Jamiyat

Toshkentda respublika ommaviy yugurish tadbiri oʻtkazilmoqda

© IA "Jaxon"/ Anvar IlyasovMarafon na Olimpiyskom prazdnike v Tashkente
Marafon na Olimpiyskom prazdnike v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Barcha Oʻzbekistonliklar kasaba uyushmalarining Salomatlik aktsiyasi doirasida sogʻlom turmush tarzi sari yana bir qadam tashlash uchun ommaviy yugurish tadbiriga taklif etiladi

TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, qiloyatlar va Toshkent shahrida "Salomatlik sari" respublika ommaviy yugurish tadbiri oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari matbuot-xizmati.

Ommaviy yugurish tadbiri barcha hududlarda bir vaqtda — joriy yilning 29 aprel kuni boʻlib oʻtadi.

Vrach - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: Sogʻliqni saqlash tizimini mutlaqo oʻzgartirish - davr talabi
Kasaba uyushmalarining salomatlik aktsiyasi sifatida tashkil etilayotgan mazkur ommaviy yugurish tadbirining Toshkent shahri miqyosidagi musobaqalari joriy yilning 29 aprel kuni soat 08.00 dan boshlanadi.

Toshkentning Mirobod tumanidagi Oybek va Nukus koʻchalari chorrahasidan (Moʻljal: "Shox med center" markazi va "KDB bank Uzbekistan") start olgan yugurish tadbiri Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov koʻchalari boʻylab Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrigacha boʻlgan masofada oʻtkaziladi.

Finish Toshkent univermagi (TSUM) oldida.

Taqdirlash marosimi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri oldidagi maydonda boʻlib oʻtadi.

Barcha Oʻzbekistonliklar kasaba uyushmalarining Salomatlik aktsiyasi doirasida sogʻlom turmush tarzi sari yana bir qadam tashlash uchun ommaviy yugurish tadbiriga taklif etiladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala