Vladimir Klichko superjangda Entoni Joshuadan nokaut bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishUkrainskiy bokser Vladimir Klichko
Ukrainskiy bokser Vladimir Klichko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Super og‘ir vaznli bokschilar orasida bo‘lib o‘tgan ushbu jangda 41 yoshli Klichko 27 yoshli Joshuaga IBO, IFB va WBO boks uyushmalari belbog‘larini boy berdi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Kelib chiqishi Ukrainalik bo‘lgan bokschi Vladimir Klichko Buyuk Britaniyalik Entoni Joshuaga super og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zining uchta belbog‘ini boy berdi, deb xabar qilmoqda R-sport.

Afsonaviy jang kecha shanba kuni, Londondagi “Uembli”  stadionida bo‘lib o‘tdi. Vitaliy Klichko jangni yaxshi boshladi, lekin 5 raundda nokdaunga uchradi. Shunga u qaramasdan oltinchi raundda Joshuani ham nokdaun qilishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada jang 11 raundda, muddatidan oldin, Joshuaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz ushbu jang birdaniga uchta belbog‘ taqdirini hal qildi. 41 yoshli Klichko 27 yoshli Joshuaga IBO, IFB va WBO boks uyushmalari belbog‘larini boy berdi.

27 yoshli Entoni Joshua o‘zining o‘ta tez va kechli zarbalari bilan ajralib turadi. Joshua o‘z faoliyatida o‘tkazgan 19-jangning barchasini nokaut bilan muddatidan oldin yakunlagan.

Vladimir Klichko uchun esa bu jang u o‘tkazgan 69 janglarda 5-mag‘lubiyat va 4-nokaut bo‘ldi. 41 yoshli bokschi 9-yil davomida dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Klichko Tayson Fyuriga jangni boy bergan bo‘lsada,keyinroq Fyurining konidan doping topilib, u barcha unvonlardan mahrum qilingan edi. Klichko ushbu mag‘lubiyatdan keyin 1-yilu 7 oy davomida katta boksni tark etgan va o‘zining doimiy jismoniy mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmagan edi.

Yangiliklar lentasi
0