Oʻzbek militsiyasi 2018 yildan boshlab maxsus xonalarda tergov qiladi

Shuningdek, tergov oʻtkazilishi shaffofligini taʼminlash uchun 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab Tergov departamenti va uning hudidiy boʻlinmalari oʻrtasida videoanjuman koʻrinishidagi aloqa tizimi joriy etiladi

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Jinoyatlarni ochish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqladi.

Patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbek militsiyasi Yaponiya, Malayziya va Xitoy politsiyachilaridan tajriba oʻrganadi
Hujjatda qayd etilishicha, kelgusi yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakat ichki ishlar organlarida tergov stenografiyasi, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarining audio va videoqadlov tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar yaratiladi.

Bundan tashqari, tergov oʻtkazilishi shaffofligini taʼminlash uchun 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab Tergov departamenti va uning hudidiy boʻlinmalari oʻrtasida videoanjuman koʻrinishidagi aloqa tizimi joriy etiladi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev militsiya faoliyatini keskin tanqid ostiga olgan edi.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Virtual qabulxonaga IIV tizimi ustidan toʻrt oyda 46 ming shikoyat tushdi
Bundan tashqari, Oʻzbekiston IIV xabariga koʻra, bugundan boshlab, oʻzbekistonliklar militsiya xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin.

Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tarkibida "Murojaatlar7ni telefon orqali qabul qilish markazi" tashkil etildi. Markaz 1 may kunidan boshlab test rejimida ishga turishiriladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala