Siyosat

Oʻzbekiston TIV rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotida ishtirok etdi

© AFP PHOTOOʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Kengash yakunlariga koʻra Qoʻshma bayonot hamda transport va logistika sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi "Yoʻl xaritasi" qabul qilingan

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. 2017-yilning 1-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi ishida ishtirok etdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi yangi jihatlar haqida gapirdi
Forumda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham ishtirok etishgan.

"Savdo va investitsiya sohalarida, jumladan qishloq xoʻjaligi, transport infratuzilmasi va logistika tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdagi mintaqaviy hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalar ham koʻrib chiqildi", — deyiladi TIV xabarida.

Olti davlat TIV rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va xalqaro maydonda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.

Kengash yakunlariga koʻra Qoʻshma bayonot hamda transport va logistika sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi "Yoʻl xaritasi" qabul qilingan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala