Oʻzbekistonda oʻtkazilgan qurilish tanlovida margʻilonlik talabalar gʻolib chiqdi

© KNAUF matbuot-xizmatiOʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Margʻilon qurilish kasb-xunar kollejida "Qurilish-pardozlash ishlari ustasi" boʻyicha qurilish kollejlari oʻquvchilari orasida hududiy tanlov oʻtkazildi. Tanlovni oʻtkazishdan maqsad – ishchi kasblarni ommalashtirish va mutaxassislar kasbga oid tayyorlovi darajasini oshirishni qoʻllab-quvvatlashdir

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Yuqori va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshidagi Oʻrta maxsus kasb taʼlim markazi va KNAUF kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi, deb xabar berdi KNAUF kompaniyasi matbuot-xizmati.

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston yoshlari diqqatiga: eng yaxshi kasb egasi tanlovida qatnashing!
"2017 yil 27 aprelida Margʻilon qurilish kasb-xunar kollejida KNAUF toʻplamli tizimlarini qoʻllovchi "Qurilish-pardozlash ishlari ustasi" kasbi boʻyicha qurilish kollejlari oʻquvchilari orasida hududiy tanlov oʻtkazildi. Anjuman tashkilotchilari Oʻzbekistondagi KNAUF va OʻMKT Markazidir. Ushbu tanlovni oʻtkazishdan maqsad – ishchi kasblarni ommalashtirish va mutaxassislar kasbga oid tayyorlovi darajasini oshirishni qoʻllab-quvvatlashdir", — deyilgan xabar matnida.

© KNAUF matbuot-xizmatiOʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi

Bu yilgi tanlovda Margʻilonlik jamoa yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etib, ilk bora gʻalabani qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Buxoro arxitektura-qurilish kasb-xunar kolleji talabalariga nasib etdi. Izboskan qurilish-kommunal kolleji talabalari esa finalchilar qatoridan oʻrin olib, uchinchi pogʻonani zabt etdilar.

© KNAUF axborot-xizmatiOʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi

Birinchi oʻrin egallagan jamoa vakillari Rossiya poytaxti Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan professional mahorat tanlovida qatnashish imkonini qoʻlga kiritdilar.

Tanlov nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishni koʻzda tutuvchi yuzma-yuz kuch sinashuvdan tashkil topib, bunda ishlarning bajarilish sifati, texnologiyalarga amal qilinganlik va bir qator boshqa qoʻshimcha kriteriylar asosida baxolanadi. Tanlov ishtirokchilari yetarli nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini, kasbga oid mahorat, yuqori mehnat madaniyatini namoyish etishlari, kasbga oid leksikani oʻzlashtirgan boʻlishlari, amalda zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalana olishlari, xususan asbob va materiallarni qoʻllash va mehnat faoliyatini toʻgʻri tashkillashtirish mahoratiga ega boʻlishlari kerak.

Tanlovga tayyorgarlik va uni oʻtkazish boʻyicha ishlar OʻMKT Markazi, Margʻilon qurilish kasb-hunar kolleji va KNAUF kompaniyasi xodimlaridan tashkil etilgan Tanlov Tashkiliy qoʻmitasi tomonidan amalga oshirildi.

Namunaviy loyihadagi uy qurilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yoppasiga arzon uylar qurilishi boshlanadi
Tanlovda  ishtirok etish uchun ikki ishtirokchi –oʻrta professional oʻquv muassasaning 18dan 21 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari, hamda bitta hamroh shaxsdan tashkil topgan jamoalar qabul qilinadi.  Bunda gʻolib 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi, sovrindorlar esa 2 va 3chi oʻrinlarni egalaydilar.  Ϝolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovgʻalar taqdim ediladi.

Avvalgi uchta professional mahorat xududiy tanlovlar KNAUF kompaniyasi tomonidan 2014, 2015 va 2016 yillarda Buxoro, Toshkent va Samarkandda, Oʻrta maxsus kasb taʼlim markazi koʻmagida oʻtkazilgan. Tanlovlar ushbu kasb oʻquvchilarining yuqori darajadagi tayyorgarligini koʻrsatdi.

Shuni alohida taʼkidlash joyizki, bu yilgi tanlovda ilk bora koʻhna Xorazmdan ayollar jamoasi ham ishtirok etdi. Afsuski, qiz-talabalar final oʻrinlariga ega boʻlmadilar. Ammo shunga qaramay, ular barcha kuzatuvchilar tomonidan chin-dildan qoʻllab-quvvatlandilar. Boʻlajak qurilish qiz-ustalari berilgan vazifani bajarishda yaxshi natijalarni koʻrsata oldidlar. Shu bois jamoa aʼzolaridan biri OAV vakillarining eʼtiborini qozonib, mahsus esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.

Tanlov bir qatorda kollej hududida KNAUF kompaniyasining ustalari tomonidan mahorat-soati ham oʻtkazildi. Ushbu tabdir chogʻida qatnashchilar eʼtiboriga Knauf Brown (Bodenplatten) GKB tizimi namoyish etildi. Knauf Brown tizimi – bu quruq pollar barpo etish usuli boʻlib, pollarni yotkizishda yengil gipskarton plitalaridan foydalaniladi. Ushbu plitalar qoplamlardagi tovush va issiqlik izolyatsiyasini taʼminlaydi va xonalar ichida qoʻllanilishi koʻzda tutilgan.
KNAUF xalqaro guruhi taʼlim va professional kadrlar tayyorlashga katta eʼtibor qaratadi.

Gongkong - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuboradi
2014 yilning fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshidagi Oʻrta maxsus kasb taʼlim markazi va "Knauf Gisp Buxara"  MCHJ XK oʻrtasida Oʻzbekistonda qurilish sohasi uchun professional taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolandi. 

Ushbu kelishuvning muhim jihati "Qurilish-pardozlash ishlari ustasi" qurilish kasbi boʻyicha oʻquvchilarda amaliyotga oid malakani oshirish sohasidagi hamkorlik boʻlib, uning professional kurslari KNAUF toʻplamli tizimlarini yigʻish texnologiyasini oʻz ichiga olgan.  Ayni vaqtda, ushbu mutaxassislik boʻyicha taʼlim Oʻzbekistonning turli xududlarida joylashgan 15 nafar kasb qurilish kollejlarida olib borilmoqda.

© KNAUF axborot-xizmatiOʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi oʻtkazildi

Qurilish kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida Professional  mahorat bellashuvlarini oʻtkazish ilgʻor mehnat usul va metodlarini, oʻsib borayotgan texnologiyalarni keng tarqatish va tatbiq qilish, professional tayyorlov sifatini oshirish, shaxs va uning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, tanlov ishtirokchilari orasidan eng yaxshi individual koʻrsatkichlarni aniqlash, bundan tashqari ishchi kasblarni ommalashtirishga imkon beruvchi mehnat musobaqalarining eng samarali koʻrinishidir.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala