O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo 50 yoshda!

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSiyohdon
Siyohdon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqning dilidagi gaplarni qog‘ozga ko‘chirayotgan, el ardog‘idagi shoir – Iqbol Mirzo bugun ellik yoshni qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan shoir tug‘ilib o‘sgan Bag‘dod tumanidagi bir qator ta’lim muassasalarida ijodiy uchrashuvlar, she’rxonlik kechalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda

TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbek she’riyatida o‘ziga xos teran fikrlari, kutilmagan tashbehlari, eng asosiysi, samimiy she’rlari bilan xalq qalbidan joy topa olgan ustoz ijodkorlardan biri, shubhasiz, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzodir.

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli bog‘ - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda adiblar xiyoboni barpo etiladi
Uning ash’orlari sevib mutolaa qilinmaydigan, qo‘shiqlarga aylangan she’rlari kirib bormagan xonadon yo‘q mamlakatimizda desak, mubolag‘a bo‘lmas. U nafaqat zamonaviy, balki mumtoz adabiyotdan ham chuqur bilimga ega shoirlar sirasiga kiradi. O‘z asarlari bilan dunyoni zabt etgan mashhur adib Chingiz Aytmatov Iqbol Mirzo timsolida zamonaviy o‘zbek she’riyatining iqbolini ko‘rayotganini aytgan edi. O‘tgan yillar buyuk adibning o‘ziga xos bashoratini isbotladi. Shoir, iqboli bor yurtning Iqboli bo‘lib tanildi, deb yozadi Bag‘dod hayoti nashri.

© Foto iz facebookO‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo

Xalqning dilidagi gaplarni qog‘ozga ko‘chirayotgan, el ardog‘idagi shoir – Iqbol Mirzo bugun ellik yoshni qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan shoir tug‘ilib o‘sgan Bag‘dod tumanidagi bir qator ta’lim muassasalarida ijodiy uchrashuvlar, she’rxonlik kechalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

"Bordon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalq shoiri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda boy taassurot qoldirdi.

"Muhtaram Prezidentimizning, umuman, xalqimizning siz yoshlardan umidi bisyor, — dedi ustoz shoir. – Sizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, bilim olishingiz, hunar egallashingiz uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. O‘zingizga bo‘lgan yuksak ishonchni hamisha chuqur his etib, faqat oldinga intiling, yangidan-yangi marralarni ko‘zlang".

Tadbirda maktab o‘quvchilari sevimli shoir qalamiga mansub she’rlardan namunalar o‘qidilar.

Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali o‘rnatiladi
"Ijodkorlar uyi"da tashkillangan asosiy tadbir, chin ma’noda,  she’rxonlik kechasiga aylandi. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqova, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov, "Tohir-Bag‘dod" televideniyesi kuzatuv Kengashi raisi, xalqaro "Oltin qalam" milliy mukofoti sovrindori, taniqli fotojurnalist Tohirjon Hamroqulov, shuningdek, Iqbol Mirzo she’riyatiga oshno bo‘lgan muxlislar ishtirok etgan tadbir avvalida Bag‘dod tumani hokimi Saidjon Zakirov so‘z olib, bunda yig‘ilganlarni qizg‘in qutladi.

"Iqbol Mirzo bugungi kunda nafaqat shoir, balki davlat va jamoat arbobi sifatida ham fidoyilik namoyon etib kelmoqda, — dedi tuman hokimi. – Xususan, uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga ikkinchi marta tayinlanishi ham bu fikrimizni to‘la-to‘kis tasdiqlaydi. Mamlakatimiz fuqarolari turmush farovonligini yanada oshirish yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida Iqboljon Mirzaaliyevning ishtiroki anchayin sezilarli bo‘layotir. Biz ana shunday inson bilan hamisha faxrlanamiz.

© http://bagdodhayoti.uz/?p=202O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo

Tadbirda so‘z olganlar ustoz shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar insonlarni faqat va faqat ezgulikka – yurtni sevish va ardoqlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga undashi xususida mulohaza yuritdilar.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida farmoyish e’lon qildi
"Tohir-Bag‘dod" televideniyesi homiyligi ostida faoliyat yuritayotgan "Hazrati Haziniy" nomli yosh ijodkorlar to‘garagi hamda "Tursunmuhammad-Diyor" sport markazi a’zolarining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – To‘lqinjon Haydarov, Muhsinbek Mo‘minov, shuningdek, xushovoz xonandalar – Xurshidbek Rasulov, Bahodir Mamajonov singari el ardog‘idagi san’atkorlarning Iqbol Mirzo qalamiga mansub she’rlar asosida yaratilgan qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.

Oybek EShONQULOV, Ma’naviyat targ‘ibot markazi.

Yangiliklar lentasi
0