Dunyoda

Hamma hayratda: Tramp Obamani haqoratlagan rahbarni Vashingtonga taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Obamani "itvachcha" deb haqoratlagach, butun dunyo OAVlari eʼtiboriga tushgan edi. AQShning 45-prezidenti Donald Tramp, oʻsha, Obamani haqoratlagan prezidentni Oq Uyga taklif qildi va bu harakati bilan AQSH Davlat departamentini hayratda qoldirdi

TOSHKENT. 1 may — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Filippin rahbari Rodrigo Duterte bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi va uni Qoʻshma Shtatlarga taklif etdi. AQSH OAVlariga koʻra, bu AQSH Davlat departamenti uchun kutilmagan taklif boʻldi.

Filippin orollari prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obamani haqoratlagan Duterte Trampning olqishiga sazovor boʻldi
Tramp va Duterte telefon orqali Shimoliy Koreadan kelayotgan xavf-xatarlar va Filippin hukumati tomonidan giyohvandlikka qarshi kurash masalalarini keng muhokama qilishgan.

Oq uy ushbu suhbatni "juda doʻstona munozara", deb baholagan. Tramp maʼmuriyati xabarida "Prezident Trampga munozara yoqdi", — deb aytilgan. Amerika rahbari noyabr oyida Sharkiy-Osiyo sammitida ishtirok etish uchun Filippinga tashrif uyushtirishi rejalashtirilgan. Tramp Duterteni Vashingtonga "Amerika-Filippin ittifoqidagi ahamiyatli masalalarni muhokama qilish" uchun taklif qilganligi qayd etilgan.

Muzokaralardan avvalroq, Tramp Filippin prezidenti bilan Korea yarimorolidagi urush xavfi haqida suhbatlashgan. Uning soʻzlariga koʻra, Shimoliy Korea rahbari Kim Chen In "shunchaki dunyo hayotiga nuqta qoʻymoqchi".

"Aynan shuning uchun u baxtiyor, va tinmay tabassum qilmoqda", — deya fikr bildirgan Duterte Shimoliy Koreyada 29 aprel kuni oʻtkazilgan ballistik raketalar sinovi haqida toʻxtalar ekan. Eslatib oʻtamiz, raketalar sinovi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan edi.

AQSH Davlat departamenti hayratda

New York Times nashriyoti xabariga koʻra, Dutertening tashrif vaqti aniq emas, lekin ushbu taklif AQSH Davlat departamenti va AQSH Milliy xavfsizlik kengashi uchun kutilmagan holat boʻldi. Ayni vaqtda ular huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan bildirilishi mumkin boʻlgan tanqidlarga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Sababi, Dutertening narkotik bilan bogʻliq odamlarni sud qilmasdan "narigi dunyoga joʻnatgani" va bu haqda ommaga maqtangani haqidagi xabarlar allaqachon butun dunyoni aylanib chiqqan.

Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Filippin prezidenti BMTga oʻt qoʻymoqchi
Filippin prezidenti oʻtgan yili may oyida hukumat tepasiga kelgandan keyin giyohvandlikka qarshi shiddatli urush eʼlon qildi. BMTning soʻnggi maʼlumotiga koʻra, ushbu davr mobaynida giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq boʻlgan 6 mingdan ortiq odamlar oʻldirilgan, shu jumladan, ularning maʼlum qismi tergov jarayonida hayotdan koʻz yumgan.

Jahon hamjamiyati ushbu kurash uslublarini atroflicha muhokama qilgan, lekin Duterte halqaro inson huquqlarini himoya qilish uyushmalari, BMT, AQSH va Yevropa ittifoqi davlatlariga Filippin ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat bergan edi.

Donald Tramp prezidenlik saylovlarida gʻolib boʻlgach, AQSH va Filippin rahbarlari oʻrtasida dekabr oyida telefon suhbati boʻlib oʻtgan. Oʻsha paytda, Dutertening soʻzlariga koʻra, Vashingtonga tashrifni amalga oshirish masalasi ham muhokama qilingan. Bundan tashqari, Filippin prezidenti soʻzlariga koʻra, Tramp Dutertening giyohvandlikka qarshi kurashish kampaniyasini qoʻllab-quvvatlagan.

Ammo inson huquqlarini himoya qiluvchilar Dutertega, u davlat rahbari boʻlishiga qaramasdan, AQShga tashrif vizasi berilishi mumkinligiga shubha bilan qarashmoqda, deb yozadi New York Times.

"Aslida Dutertening narkotiklarga qarshi qonli urushini qoʻllab-quvvatlashi kelgusidagi qotilliklarga Tramp ham sherik boʻladi", — deya fikr bildirgan inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot — Human Rights Watch uyushmasi vakili.

Shu bilan birga OQ uy apparati boshligʻi Rayns Pribas ABC telekanaliga bergan intervyusida, ikki davlat prezidentlari uchrashuvi Shimoliy Korea mummosini hal qilish uchun juda muhim boʻladi, chunki AQShga Tinch Okean mintaqasidagi oʻzaro hamkorlar zarur, deb aytgan.

Eslatib oʻtamiz, Duterte AQSH sobiq prezidenti — Barak Obamaga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgach va uni haqoratlagach tanilib ketgan edi.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Ahmoq”dan “kampir”gacha: siyosatchilar bir-birlarini qanday “siylashadi”
U Obamani "itvachcha", deb haqoratlagan, va Vashingtondan Filippinga boʻyniga ip bogʻlangan itdek qaramaslikni talab qilgan. Shuningdek, AQSH bilan "vidolashish" vaqti keldi, deb aytib, Amerika qoʻshinlarining Filippinda joylashtirilishi haqidagi bitimni bekor qilaman, deya dagʻdagʻa qilgan.

"Men davlat rahbari sifatida faoliyatimni yakunlaydigan vaqt kelganida, oʻz yurtimda nafaqat Amerika, balki hatto Afrika yoki Xitoy yoki yana bir boshqa xorij qoʻshinlarini koʻrishni xohlamayman", — deb aytgan oʻshanda Duterte.

Lekin Tramp saylovlarda gʻolib chiqqach, Filippin yetakchisi tahdidlarga boy tonini pasaytirdi, u yangi Amerika yetakchisida oʻziga oʻxshash tomonlarni koʻrdi. U Trampni "haqqoniy va pragmatik mutafakkir" deb atab, u bilan ishlarni olib borish mumkin, deya taʼkidladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala