Iqtisod

Dollar kursi oshishda davom etyapti

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1 AQSH dollari 3734 soʻmu 91 tiyin etib belgilandi

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 2 maydan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Oʻzbekiston Markaziy Banki raisi oʻrinbosari Shohruh Shoahmedov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda valyutani erkin ayriboshlash sari ilk qadam qoʻyildi - MB raisi oʻrinbosari
Unga koʻra, 1 AQSH dollari 3734 soʻmu 91 tiyin etib belgilandi. Aprel oyining 9-sanasida dollarning davlat kursi 3623,07 soʻmni tashkil qilgan edi.

Shu kechayu-kunduzda, Sputnik Oʻzbekiston manbasining xabariga koʻra, dollarning qora bozordagi narxi esa 7950-8000 soʻmni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 yevro qiymati 4075 soʻmu 98 tiyinga yetgan.

1 Rossiya rubli esa 65,54 etib belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala