Oʻzbekiston poyezdlari Norvegiya, AQSH va Finlyandiyani ortda qoldirdi

© Michał Huniewicz"Afrosiyob" tezyurar poyezdi
Afrosiyob tezyurar poyezdi - Sputnik Oʻzbekiston
GoEuro kompaniyasi saytida eʼlon qilingan eng tezyurar poyezdlar yigirmataligi reytingida Oʻzbekiston poyezdlari roʻyxatning 17 oʻrnini band etib, Norvegiya, AQSH va Finlyandiyani ortda qoldirdi

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. GoEuro kompaniyasi saytida eʼlon qilingan "Global High-Speed Train Ranking" reytingida Oʻzbekiston poyezdlari 17-oʻrinni egalladi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston — Markaziy Osiyo davlatlari orasida ushbu reytingga kiritilgan yagona davlat boʻldi.

Jamiyat
Oʻzbekistonga navbatdagi "Afrosiyob" elektropoyezdi keltirildi
Shu bilan birga, Oʻzbekiston poyezdlari Norvegiya, AQSH va Finlyandiya tarkibidan ham oldinroqda joylashishga muvaffaq boʻldi. MDH davlatlari orasida eng tezyurar poyezdlar yigirmataligiga Rossiya ham kiritilgan. U roʻyxatning 15 pogʻonasini egallagan.

Jadvalda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, oʻzbek poyezdlari tezligi soatiga 250 km ni tashkil qiladi. Rekord daraja esa — soatiga 255 km boʻlgani qayd etilgan.

Reyting tuzishda poyezdlar tarkibining tezligi, operatsiya bajarilishi tezligi, temiryoʻl liniyasi qamrovi va aholi sigʻimi inobatga olingan. Shuningdek, bir kilometr masofa uchun narx ham koʻrsatilib oʻtilgan. Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 0,18 yevroni tashkil qilgan.

Eng tezyurar poyezdlar reytingida yetakchi pogʻonalarni Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy egalladi.

Eng zoʻr oʻntalikka, shuningdek, Frantsiya, Tayvan, Germaniya, Italiya, Avstriya va Turkiya kiritildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala