Oʻzbekistonda 2227 ta yaxshi saytlar maʼqullandi

© Sputnik / StringerMirziyoyevning virtual qabulxonasi
Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda tavsiya etiluvchi saytlar reyestrini doimiy ravishda toʻldirib borish ishlari davom etmoqda

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Bugungi kunda mazkur reyestrga 2227 ta saytlar kiritilgan. Ular nafaqat katalog yoʻnalishlari boʻyicha qismlarga ajratilgan, balki tegishli tavsiflar bilan toʻldirilgan boʻlib, bu foydali maʼlumotni qidirib topish bilan birga saytda ishlashda qulayliklar yaratadi.

Kompyuter xavfsizligi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda bolalarni zararli axborotlardan himoya qiladigan yangi qonun ishlab chiqilmoqda
Roʻyxatga saytlar ZiyoNET jamoat axborot taʼlim tarmogʻi xodimlari tomonidan kiritiladi. Shu bilan birga, har bir tarmogʻ foydalanuvchisida boshqalarga ham qiziqarli va foydali saytlarni tavsiya etish imkoniyati mavjud.

Bu portaldagi "Saytni tavsiya etish" tugmasi orqali amalga oshirsa boʻladi. Ushbu tavsiyalar ZiyoNET moderatori tomonidan tasdigʻidan soʻng saytlar roʻyxatida joy oladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda internet tarmoqda bolalarni zararli maʼlumotlardan chegaralash maxsus tarif rejalar joriy qilingan. Bunda internet tarmogʻiga kirishda oʻziga xos "oq roʻyxat" sifatida ZiyoNET tomonidan tavsiya etilgan roʻyxat orqali yoʻlga qoʻyildi.

Roʻyxat oʻz ichiga yoshlar taʼlim olish uchun ilm-taʼlim, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalardagi resurslar milliy hamda horijiy qismlari kiritilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala