Dunyoda

Shvetsiyada eng yirik shiyalar masjidiga oʻt qoʻyildi

© Sputnik / Varvara Gertye / Fotobankka oʻtishYongʻin
Yongʻin - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, masjidning 30-50 foizi zarar koʻrgan

TOSHKENT. 1 may — Sputnik. Shvetsiyaning Stokgolm shimolidagi Yerfella shahri atrofida joylashgan, shiya imomi Ali nomidagi masjidda dushanba kunga oʻtar kechasi yongʻin sodir boʻlgan.  Bu haqda Shvetsiyaning SVT televideniyasi xabar berdi.

Yamanda namoz vaqtida nomaʼlum shaxslar masjidni portlatishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaman masjidida portlash yuz berdi
"Gumonimizcha, masjid tashqarisidan oʻt qoʻyib yuborilgan", — dedi reportaj davomida Stokgolm politsiyasi vakili Lars Bistrem.

Yongʻin toʻgʻrisidagi xabar politsiya mahkamasiga yakshanba kuni soat 23.16 da kelib tushgan. Xabarda jabrlaganlar haqida maʼlumot mavjud emas. Masjid binosida 3 mingdan ortiq kitoblar mavjud boʻlgan kutubxona joylashgan. Kitoblarning keyingi taqdiri haqida aniq maʼlumotlar yoʻq.

"Dastlabki baholashlarga koʻra, ayni vaqtda binoning 30-50 %i shikastlangan", — deb taʼkidlagan masjid vakili Aki Zokiriy shved televideniyasiga. Uning soʻzlariga koʻra, masjid binosi taxminan 3500 kvadrat metrni tashkil etadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala