Hodisalar

Toshkentlik fuqaro qarzni qaytarmaslik maqsadida soxta talonchilik uyushtirdi

© AP PhotoOʻzbek militsiyasi patrul mashinasi
Oʻzbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent militsiya xodimlari sodir etilmagan jinoyatni ochish uchun 5 kun sarfladi

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Toshkentlik Dilshod Aripov oʻz boʻyindagi qarzlarni toʻlashdan qochish maqsadida ajoyib xiyla oʻylab topdi. U soxta oʻgʻirlik sahnasini tashkillashtirib, oʻzini jabrdiyda qilib koʻrsatdi, deb xabar qildi Podrobno.uz. muxbirga Toshkent shahar IIBB xodimi.

Oʻzbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston IIV aholidan hushyor boʻlishni va har kimning gapiga ishonavermaslikni soʻradi
Manba bergan xabarga koʻra, Aripov "talonchilarni" topib berish talabi bilan militsiyaga murojaat etgan. "Jabrdiyda" militsiya xodimlariga avtomobilda ketayotib, jinoiy toʻda qoʻliga tushgani va ular 86 million soʻm talab qilishgani haqida soʻzlab bergan.

Aripovning boʻynidagi qarz aynan 86 million boʻlgan.

Tezkor tadbir natijasida militsiya tomonidan soxta oʻgʻirlik sodir etgan 3 nafar shaxs qoʻlga olingan. "Ular sodir etilmagan jinoyatga katta kuch va vositalar tashlashga majbur qilishdi. Xodimlarimiz ushbu ishni hal qilish uchun 5 kun sarflashdi",- deb taʼkidladi poytaxt militsiyasi xodimi.

Aripovning aybi sudda tasdiqlansa, u Jinoyat kodeksining jinoyat haqida yolgʻon xabar berish moddasi boʻyicha 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bundan tashqari, Aripov yolgʻon guvohlik berish haqidagi modda boʻyicha ham aybdor deb topilishi mumkin. Ushbu jinoyati uchun u 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala