Bishkekda to‘rtinchi bor "O‘lmas polk" aksiyasi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik Tabildi Kadirbekov"Besmertniy polk" v Bishkeke
Besmertniy polk v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushi boshlanganida 300 mingdan ortiq qirg‘iz askarlari va zobitlari, ya’ni Qirg‘izistonning har oltinchi fuqarosi frontga yo‘l olgan. Afsonaviy Panfilov diviziyasi tarkibida janglarda qatnashgan so‘nggi qirg‘iz-veterani Tunguchboy Apasov ikki yil oldin hayotdan ko‘z yumgan

TOShKENT, 3-may — Sputnik. "O‘lmas polk" yurishi 9-may kuni Bishkek shahrida to‘rtinchi bor o‘tkaziladi, deb xabar qildi chorshanba kuni Qirg‘iziston poytaxti hokimligi matbuot-xizmati.

2014 yilda ushbu aksiyada 1 ming ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, 2016-yilda ishtirokchilar soni 18 ming nafarni tashkil qilgan.

O‘lmas polk yurishi Rossiya va boshqa davlatlarda G‘alaba bayrami kuni o‘tkaziladi.

Bishkek hokimiyati xabariga ko‘ra, tadbir soat 9.00da Janubiy magistralda boshlanadi.

Yurish Baytik Botir ko‘chasidan boshlanib, G‘alaba maydoniga qadar davom etishi qo‘shimcha qilingan.

Hokimiyat xabariga ko‘ra, 9-may kuni Qirg‘iziston poytaxtida bayramona konsert tashkillashtirilib, avtomobillar poygasi o‘tkaziladi, so‘ngra Ko‘hna maydonda tarixiy muzey qarshisida salyutlar otiladi.

Veteran iz Buxari Gamik Zakiyev - Sputnik O‘zbekiston
Putin imzolagan “Qizil yulduz” ordeni buxorolik veteranga topshirildi
Ikkinchi jahon urushi boshlanganida 300 mingdan ortiq qirg‘iz askarlari va zobitlari, ya’ni Qirg‘izistonning har oltinchi fuqarosi frontga yo‘l olgan. Shulardan 95 ming nafari urushdan qaytmagan. Yuz nafarga yaqin qirg‘iz-jangchilari sobiq Ittifoq qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolaridan sakkizinchi Panfilov gvardiyachilar diviziyasi shakllantirilgan, diviziya jangchilari Moskva ostidagi janglarda nom qozongan.

Diviziyaga tarkib komandiri, 1941-yilning 18-noyabrida halok bo‘lgan Ivan Panfilov nomi berilgan.

Afsonaviy Panfilov diviziyasi tarkibida janglarda qatnashgan so‘nggi qirg‘iz-veterani Tunguchboy Apasov ikki yil oldin hayotdan ko‘z yumgan. Ayni vaqtda Qirg‘izistonda bir necha yuz veteranlar qolgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0