Qozog‘istondan O‘zbekistonga "Do‘stlik karvoni" keldi

© ontustik.gov.kzIz Yujno-Kazaxstanskoy oblasti v Respubliku Uzbekistan viexal "Karavan drujbi"
Iz Yujno-Kazaxstanskoy oblasti v Respubliku Uzbekistan viexal Karavan drujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga tashrif buyurgan qozog‘istonlik 50 nafar oqsoqol qozoq jamoat arbobi Tole biyning Toshkentdagi qabrini ziyorat qilishadi, Amir Temur va Yalangto‘sh Bahodirning Samarqanddagi maqbaralari, Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy me’moriy majmuasi bilan tanishadilar

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Janubiy Qozog‘iston viloyatidan O‘zbekistonga "Do‘stlik karvoni" keldi, deb ma’lum qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan qozog‘istonlik 50 nafar oqsoqol qozoq jamoat arbobi Tole biyning Toshkentdagi qabrini ziyorat qilishadi, Amir Temur va Yalangto‘sh Bahodirning Samarqanddagi maqbaralari, Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida yangi o‘tkazuv punktlari ochiladi

Shu bilan birga "Do‘stlik karvoni" vakillari O‘zbekistondagi Baynalmilal madaniyat markazi, qozoq madaniyat markazi va boshqa tarixiy-madaniy markazlarga tashrif buyurib, u yerda mahalliy aholi bilan uchrashadilar.

Mazkur tadbir Qozog‘iston xalqi assambleyasi va O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu memorandum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Qozog‘istonga rasmiy tashrifi davomida imzolangandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0