O‘zbekistonga BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari keladi

© Luis Acosta / AFPVerxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn
Verxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy komissar O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida xalqaro press-klubda tashrif yakunlari bo‘yicha chiqish qilishi kutilmoqda

TOShKENT, 4-may — Sputnik. BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn boshchiligidagi delegatsiya 10-12 may kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda "Podrobno.uz" ma’lum qilmoqda.

Zayd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar O‘zbekistonni olqishladi

Zayd Raad al Husaynning O‘zbekistonga tashrifidan maqsadi O‘zbekiston va Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda ikki tomonlama manfaatlarni aks ettiruvchi sohalarda kelgusi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishdir.

Oliy komissar O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida xalqaro press-klubda tashrif yakunlari bo‘yicha chiqish qilishi kutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0