Toshkentda takroriy zilzila qayd etildi

Respublika hududida seysmik faollik Fargʻonada 2 ball, Andijonda 2 ball, Namanganda 2 ball, Toshkentda 2 ballga yaqin boʻlgan

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. "Toshkent" seysmostantsiyasi tomonidan bergan maʼlumotiga koʻra, 4 may kuni soat 16:10 da Oʻzbekistonning ayrim hududlarida takroriy (aftershok) zilzila qayd etilgan. Bu haqda "Uz24.uz" xabar berdi.

Rabota seysmografa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda yana yer silkinishi sezildi
Zilzila epitsentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yoʻnalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston hududiga toʻgʻri keladi.

Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,2 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Fargʻonada 2 ball, Andijonda 2 ball, Namanganda 2 ball, Toshkentda 2 ballga yaqin boʻlgan.

Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala